Tabiiy fanlar fakultetining 4-kurs bitiruvchilariga tantanali ravishda diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

2019- yil 25-iyun kuni Tabiiy fanlar fakultetining 4-kurs bitiruvchilariga tantanali ravishda diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda universitetning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori D.Ergashev, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor O.Qo‘ysinov, Tabiiy fanlar fakulteti dekani K.Saparov, fakultetning o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini R.Madatov, fakultetning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Z.Djumayeva, Universitetning Malakaviy amaliyot va hamkorlik bo‘limi boshlig‘i R.Berdiqulov, fakultetning barcha kafedra mudirlari, 4-kurs bitiruvchi talabalari hamda ota-onalar ishtirok etishdi. Tadbir juda ham chiroyli va ko‘taringki kayfiyatda o‘tdi.