Tabiiy fanlar fakulteti professor-o'qituvchilari Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanidagi Xumson o'quv dala amaliyoti bazasida bo’lib qaytdi

2019-yilning 16-iyun sanasida Tabiiy fanlar fakulteti professor-o'qituvchilari Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanidagi Xumson o'quv dala amaliyoti bazasida bo’lib qaytdi.

2019-yilning 16-iyun sanasida Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti  Tabiiy fanlar fakulteti dekani K.A.Saparov , O'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari R.M.Madatov , Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari Z.F.Jumayeva, Yoshlar Ittifoqi yetakchisi A.P.Musurmonov hamda  Malakaviy amaliyot va hamkorlik bo'limi boshlig'i R.Sh.Berdiqulov fakultet professor-o'qituvchilari bilan birgalikda  Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanidagi Xumson o'quv dala amaliyoti bazasida bolib qaytdi. Tashrif davomida o'quv dala amaliyoti bazasida amaliyot o'tayotgan Biologiya o'qitish metodikasi I-II-bosqich talabalari amaliyot jarayoni bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ 4075-sonli qarorida belgilangan yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha 5 ta tashabbus ijrosini ta'minlash maqsadida Xumson o'quv dala amaliyoti bazasida sport musobaqalari o'tkazildi va fakultet rahbariyati tomonidan talabalarga  sport formalari taqdim etildi.