"Shaxs kamoloti va kitobxonlik madaniyati"

“Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus” doirasida "Shaxs kamoloti va kitobxonlik madaniyati" mavzusida kitobxonlik tadbiri tashkil etildi.

2019-yil 20-iyun kuni Pedagogika va psixologiya fakulteti tomonidan 8-talabalar turar joyida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus” doirasida "Shaxs kamoloti va kitobxonlik madaniyati" mavzusida kitobxonlik tadbiri tashkil etildi. Tadbirni Pedagogika va psixologiya fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari D.Abdullayeva ochib, 2019-yil 19-mart kuni bo‘lgan videoselektorda davlatimiz rahbari tomonidan "Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ilgari surilgan  5 ta muhim tashabbus"ning mazmun mohiyati haqida gapirdi. Shu bilan birga to‘rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilganligi va bu borada mamalakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.  Bugungi tadbir ham ana shu tashabbus doirasida tashkil etilganligini ta’kidlar ekan,  insoniyatning jaholatga qarshi birinchi muqovalangan isyoni kitob ekanligi, riyo-yu razolat, tubanlik, pastlikka qarshi odam bolalari bino etgan ilk istehkom ham kitob sanalishini aytdi.  U o‘z so‘zini quyidagi so‘zlar bilan tugatdi: “Bugungi bolalar ertangi kun xalqqa aylanadi, – dedi davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev, - Yoshlarni kitobga qaytarishimiz kerak. Axborot-kommunikatsiya sohasidagi oxirgi yutuqlarni o‘zlashtirish bilan birga, yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga, ularning kitob bilan do‘st bo‘lishiga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. 

       Psixologiya kafedrasi dotsenti Sh.Do‘stmuxamedova shaxs shakllanishida kitob va kitobxonlikning ahamiyati, kitobning shaxs dunyoqarashiga ongining  shakllanishiga  ta’siri haqida va bugungi kunda kitobxonlikni rivojlantirish bo‘yicha mamalakatimizda olib borilayotgan siyosat va amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga loyiq ekanligini ta’kidladi. Kitobni shunchaki vaqt o‘tkazish uchun emas, balki har bir kitobda ilgari surilgan mazmun va g‘oyani anglab yetish va uni mag‘zini chaqish kerakligini, shundagina haqiqiy kitobxonga aylanish mumkinligini aytdi. Bugungi kunda kitob o‘qiganlarga katta e’tibor ko‘rsatilayotganligi va hattoki, kitob o‘qish   Prezidenti sovg‘asi – SPARK avtomashinaga ega bo‘lish mumkinligi va yoshlarga yaratilayotgan bunday sharoitlar va imkoniyatlar  boshqa xech bir davlatda yo‘qligi, ana shu imkoniyatlardan oqilona foydalanish kerakligi borasida  gapirdi.

So‘ng O‘tkir Xoshimovning “Ikki eshik orasi” nomli kitobidagi psixologik jihatlar taxlil qilindi va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.

       Tadbir so‘nggida TTJ kutubxonasiga  fakultet tomonidan psixologiyaga oid va badiiy kitoblar sovg‘a kilindi hamda har xaftada bitta kitob tahliliga bag‘ishlab munozara tashkil etilish taklif kiritildi.