Defektologiya taʼlim yo`nalishining 111 nafar bitiruvchi kurs talabalariga diplom topshirildi

2019-yil 27-iyun kuni Maxsus pedagogika fakulteti tomonidan beshta muhim tashabbus doirasida hamda “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yurtimiz kamoli – yoshlar qo`lida” mavzusida tadbir tashkil etildi. 

Dunyoning kamdan-kam mamlakatida yoshlarga bagʼishlangan bayramlar nishonlanadi. Istiqboli porloq boʼlishini astoydil xoxlagan davlatgina ertasining egalari – yoshlarga yuksak ishonch bildirib, eʼtiborini darigʼ tutmaydi, asrab-avaylaydi. O`zbekistonimiz, shaksiz, ana shunday davlatlar safidan joy olgan.

Prezidentimiz tomonidan “Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish” boʼyicha ilgari surilgan beshta muhim tashabbus ham yoshlarga berilayotgan eʼtiborning yorqin namunasidir.

27-iyun kuni Maxsus pedagogika fakulteti tomonidan beshta muhim tashabbus doirasida hamda “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yurtimiz kamoli – yoshlar qoʼlida” mavzusida tadbir tashkil etildi. 

Shuningdek, bitiruvchilar 3-kurs talabalariga  ramziy bilimlar kalitini tantanali taqdim etib, izdoshlariga o'qish faoliyatlarida omad yor bo'lishini tiladi.

Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori, Shuhrat medali sohibasi, Respublika yosh ijodkorlar Kengashi raisi Mehrinoz Аbbosova tadbirda ishtirok etib, talaba-yoshlarni bayram bilan tabrikladi.

Shuningdek, Oʼzbekiston badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, Oʼzbekiston xalq ustasi Hakimjon Inogomov rahbarligida namoyish etilgan badiiy koʼrgazma, “Sharq ziyokori” nashriyoti tomonidan chop etilgan badiiy kitoblar koʼrgazmasi va imkoniyati cheklangan yoshlar markazi aʼzosi, alohida yordamga muhtoj Naima Аxmedjonovaning qoʼl mehnati bilan tayyorlab kelgan milliy taqinchoq va qoʼgʼirchoqlari tadbir ishtirokchilariga iliq taassurot qoldirdi.

Tadbirda el sevgan sanʼatkorlardan Kavr II mavsumi gʼolibi Yorqinxoʼja Umarov, yorqin estrada yulduzi Xusan va talabalarning badiiy chiqishlari yigʼilganlarga koʼtarinki kayfiyat bagʼishladi.

Oʼquv yili mobaynida jamoat ishlari va turli koʼrik-tanlovlarda faol ishtirok etgan bir guruh talabalar fakulьtet dekani hamda Yoshlar ittifoqi Chilonzor tuman Kengashining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.