Kasb ta`limi (Informatika va axborot texnologiyalari)

5111000-Kasb ta’limi (5330200 – Informatika va axborot texnologiyalari) –  akademik litsey va kasb - hunar kollejlari uchun informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘qituvchi tayyorlash jarayonida foydalaniladigan fanlar, pedagogik faoliyat vositalari, usullari, metodlari yig‘indisidan iborat bo‘lgan ta’lim yo‘nalishidir.

 

 

 

5111000-Kasb ta’limi (5330200 – Informatika va axborot texnologiyalari)   ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining tavsifi

 

 

 

4.1 Bakalavrning kasbiy faoliyat sohasi 5111000-Kasb ta’limi (5330200 – Informatika va axborot texnologiyalari) –  akademik litsey va kasb - hunar kollejlari uchun informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘qituvchi tayyorlash jarayonida foydalaniladigan fanlar, pedagogik faoliyat vositalari, usullari, metodlari yig‘indisidan iborat bo‘lgan ta’lim yo‘nalishidir. 4.2 Bakalavrlarning kasbiy faoliyati ob’ektlari 5111000-Kasb ta’limi (5330200 – Informatika va axborot texnologiyalari)  ta’lim yo‘nalishi bakalavrlarning kasbiy faoliyati ob’ektlari –akademik litseylar,  kasb-hunar kollejlari va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, o‘quvchilar, o‘quv-tarbiya jarayoni, o‘qitishning pedagogik texnologiyalari va metodlari, ishlab chiqarishda dasturchi-usta. 4.3 Bakalavrlarning kasbiy faoliyati turlari  5111000-Kasb ta’limi (5330200 – Informatika va axborot texnologiyalari)  ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr o‘z psixologik-pedagogik, kasbiy tayyorgarligiga muvofiq quyidagi kasbga oid faoliyat turlari:

 

  • O‘MKHT tizimining mos ta’lim muassasalarida pedagogik;
  • tarbiyachilik;
  • o‘quv-metodik;
  • Ishlab-chiqarish;
  • Ijtimoiy va jamoa sohasida;
  • ilmiy-tadqiqot.

 

Bakalavr tayyorlanadigan kasbiy faoliyatning muayyan turlari ta’lim jarayonining manfaatdor ishtirokchilari bilan hamkorlikda oliy ta’lim tizimi tomonidan aniqlanadi. 4.4  Bakalavrlar kasbiy faoliyatining vazifalari 5111000-Kasb ta’limi (5330200 – Informatika va axborot texnologiyalari)   ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr ta’lim dasturini o‘zlashtirish natijasida kasbiy tayyorgarlikning asosiy turlari va maxsus tayyorgarligiga mos quyidagi kasbiy vazifalarni yechishi kerak: O‘MKHT tizimining mos ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyati: -  O‘MKHT tizimining mos ta’lim muassasalarida tayyorgarlik yo‘nalishida nazarda tutilgan o‘quv fanlari bo‘yicha nazariy mashg‘ulotlarni o‘tkazish; -  O‘MKHT tizimining mos ta’lim muassasalarida tayyorgarlik yo‘nalishida nazarda tutilgan o‘quv fanlari bo‘yicha amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini, jumladan o‘quv ustaxonalarida, o‘tkazish; -  zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanib nostandart o‘quv mashg‘ulotlarini ishlab chiqish va o‘tkazish; -  o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha darslarni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan o‘quv-metodik hujjatlarni shakllantirish va tuzish; -  o‘qitilayotgan fan bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun o‘qitishning texnik vositalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish; -  mustaqil ta’lim va ijodiy izlanish natijasida o‘qitilayotgan fan hamda pedagogik faoliyat sohasidagi metodlar, vositalar va shakllar sohasilarida o‘z-o‘zini muntazam takomillashtirib borish.                tarbiyachilik faoliyati: -    umumiy o‘rta ta’lim, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlaridan tashqari muassasalarda tarbiyachi bo‘lib ishlash; o‘quv-metodik faoliyati: -   mos ta’lim yo‘nalishlar bo‘yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida metodist bo‘lib ishlash; Ishlab-chiqarishdagi faoliyati: - kompyuter jixozlari-ustasi: komptyuter uskunalarining barcha turlari,  va texnikalarini yigish va ta’mirlash, kompyuterchi dizayner, barcha elektron ko‘rinishdagi, jumladan reklama va illyustrativ  plakatlarni yaratish, zamonaviy elektron dasturiy vositalari yaratishi; - rahbar-ijrochi:  madaniy - ma’rifiy, texnikaviy  ishlab chiqarish, ta’mirlash ishlarini bajarishga moslashishi; -  kasbiy etika kodeksiga rioya qilish. Ijtimoiy va jamoa sohasidagi faoliyati: -  ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlari va resurslarini rejalashtirish; -  axborot texnologiyalar tizimini yaratish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlari monitoringi va sifatini baholash metodlari va mexanizmlarini ishlab chiqish; atrof-muhitni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi talablariga mos kelishi borasida ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilishda ishtirok etish.ilmiy-tadqiqot muassasalarida kichik ilmiy xodim bo‘lib ishlash va boshqalar.