Moskva pedagogika davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan Rus tili va adabiyoti qо‘shma fakulteti

Moskva pedagogika davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan Rus tili va adabiyoti qо‘shma fakulteti

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti – о‘zida ijobiy an’analar va zamonaviy fan yutuqlarini mujassamlashtirgan respublikamizning yetakchi ta’lim muassasasidir.

Sizlarni universitetimizda Moskva pedagogika davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan Rus tili va adabiyoti qо‘shma fakultetiga о‘qishga taklif qilamiz.

Talabalar 3+1 shaklida, ya’ni 3 yil Toshkentda, 1 yil esa Moskva shahridagi kо‘hna va pedagogika sohasidagi eng nufuzli universitetda ta’lim oladi. Bitiruvchi talabalarga Double Degreye shaklidagi, Toshkent davlat pedagogika universiteti va Moskva pedagogika davlat universiteti diplomi taqdim etiladi.

Agar Siz xalqaro nufuzga ega diplom va mutaxassislikka ega bо‘lishni istasangiz universitetimizga marhamat!

Hujjatlar 25 iyuldan 10 avgustgacha qabul qilinadi.

Manzil: Bunyodkor kuchasi, 27-uy. Mо‘ljal Chilonzor metro bekati. Telefon: +99898 310 63 31. Sayt: www.tdpu.uz