“Tinchlik sovg‘a qiling dunyoga”

Tinchlik va xotirjamlik buyuk ilohiy ne’matlaridan biridir. Qolaversa, barcha ezgu ishlar rо‘yobga chiqishining boisi ham osoyishtalikdir.

Jannat makon yurtimizda tinchlik-osoyishtalik barqarorligini ta’minlash yо‘lida davlatimiz tomonidan katta ish olib borilayapti. Barchamiz tinch, osoyishta va farovon hayotning qadriga yetish, bu farovonlik, osuda turmushimizning barqarorligini ta’minlashlikda о‘z hissamizni qо‘shmog‘imiz lozim. Bu orqali turmushimiz farovonligiga erishamiz albatta. 21 sentabr – Xalqaro tinchlik kuni munosabati bilan № 8-talabalar turar joyida “Tinchlik sovg‘a qiling dunyoga” mavzusidagi tadbir о‘tkazildi. Tadbirda Maxsus pedagogika va Maktabgacha ta’lim fakultetining talabalari о‘zlarining badiiy chiqishlari bilan faol ishtirok etishdi. Shuningdek, Maxsus pedagogika fakultetining professor-о‘qituvchilari ham tadbirga ishtirok etib, tinlikni qadriga yetishga barchamiz mas’ul ekanligimizni talaba yoshlarga ta’kidlashdi.