INSONGA NAF KELTIRISH - OLIY BAXT!

2019 yil oktabr oyiga qadar kasaba uyushmasi qо‘mitasi tomonidan 101 nafar ehtiyojmand xodimlarga 12.595.000 sо‘mlik moddiy yordam kо‘rsatildi.

Yozgi ta’til davrida 15 nafar professor-о‘qituvchi hamda ishchi-xodimlarga respublikamizdagi turli sihatgohlarga va 14 nafar professor-о‘qituvchi hamda ishchi-xodimlarning farzandlari uchun “G‘uncha” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlariga imtiyozli yо‘llanmalar berildi. Shunigdek, “Xumson” о‘quv-dala amaliyoti bazasida tashkil qilingan oromgohda 200 dan ortiq professor-о‘qituvchi, ishchi-xodimlar va talabalar oila a’zolari bilan dam olish imkoniyatiga ega bо‘lishdi. 2019 yil 12 sentabr kuni Toshkent shahar kasaba uyushmalari tashkilotlari Birlashmasi kengashining “Mehnat muhofazasi” bо‘limi xodimlari “Mehnat muhofazasi oyligi” munosabati bilan universitet “Mehnat muhofazasi” bо‘limi va kasaba uyushmasi qо‘mitasi xamkorligida Chilonzor tuman korxona va tashkilot rahbarlari, mehnat muhofazasi xizmati xodimlari, boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari raislari uchun seminar о‘tkazishdi. Seminarda universitet talaba-yoshlari ham qatnashdilar. 12-sentabr kunida universitet agrouchastkasida yetishtirilgan qishloq xо‘jaligi maxsulotidan piyoz (3 tonna) xо‘jalik bо‘limi bilan xamkorlikda talaba-yoshlarga hamda professor-о‘qituvchi va ishchi xodimlarga bepul tarqatildi. 17-sentabr kuni О‘zbek drama teatri binosida Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrining “Insonlikka nomzod” nomli spektakli tomoshasiga chiptalar xarid qilindi va professor-о‘qituvchi hamda ishchi xodimlarga bepul tarqatildi. Kasaba uyushmasi mablag‘lari hisobidan 2.500.000 sо‘m sarflandi. Sentabr oyida 3 nafar professor-о‘qituvchilarga yubileyi munosabati bilan adres papka va esdalik sovg‘asi topshirildi.