“Biz taʼzim qilamiz Ustozlar uchun!”

2019-yil 28-sentyabr kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Pedagogika va psixologiya fakulteti tomonidan 1-oktyabr Ustoz va murabbiylar kuniga bag‘ishlab “Biz taʼzim qilamiz Ustozlar uchun!” nomli bayram tadbiri tashkil etildi.

2019-yil 28-sentyabr kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Pedagogika va psixologiya fakulteti tomonidan 1-oktyabr Ustoz va murabbiylar kuniga bag‘ishlab “Biz taʼzim qilamiz Ustozlar uchun!” nomli bayram tadbiri tashkil etildi.

Muhtaram Prezidentimiz “Ishonchim komil, millati, tili va dinidan qatʼi nazar, Vatanimizning har bir farzandini o‘z bolasidek sevib, ardoqlab, ularni barkamol insonlar etib tarbiyalash uchun sidqidildan mehnat qilayotgan siz, hurmatli O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylari bu vazifalarni albatta sharaf bilan ado etasiz”, - deya bejizga eʼtirof etmaganlar.

Tadbirda so‘zga chiqqan Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Nodira Musaeva qutlov soʼzida “Biz uchun hamisha ustoz so‘zi muqaddas boʼlib kelgan. Yoshlar tashkiloti har bir daqiqa ustozlar ko‘magiga muhtoj. Yosh avlod taʼlim-tarbiyasida, kamolotida har bir ustozning munosib hissasi bor. Mamlakat taraqqiyotini belgilovchi kuch sifatida biz doimo sizlarga tayanamiz, suyanamiz” deya taʼkidladi.

Tadbirda ustozlarni, Vatanni, tinchlikni, yoshlik va goʼzallikni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi. Ustozlarning fidoyiligi va jonkuyarligi, jamiyatdagi o‘rni aks etgan videorolik namoyish etildi. Fakultet talaba-yoshlarining dilrabo kuy-qo‘shiqlari, ajoyib raqslari ustozlarning ko‘ngliga manzur bo‘ldi. 

Tadbir soʼngida faxriy ustozlarga fakultet rahbariyati tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovgʼalari topshirildi.