Maxsus pedagogika fakulteti Oligofrenopedagogika kafedrasi professor-о‘qituvchilari besh tashabbus bо‘yicha tadbir o'tkazishdi.

Oligofrenopedagogika kafedrasi professor-о‘qituvchilari talabalar bilan birgalikda besh tashabbusni birinchi yо‘nalishi bо‘yicha quyidagi ishlarni amalga oshirdilar:

17 09 2019 sanada Maxsus pedagogika fakulteti talabalari bilan birga О‘zbek Milliy Drama teatriga tashrif buyurdilar. Teatrda Sirdaryo drama teatr aktyorlari tomonidan “Chin inson qissasi” spektakli namoyish etildi. Spektakl tarbiyaviy ahamiyatga ega bо‘lib hozirgi zomon talabasi qanday bо‘lishi kerakligi chin insoniylik fazilatlari о‘ta yaqqol darajada yoritib berilgan. Hozirgi zamon kishilarini yashash turmush tarzi, narkomaniya giyohvandlikni salbiy oqibatlari insonlar hayotini butkul izdan chiqarishi yaqqol ochib berilgan. Spektaklda yana korrupsiyaga qarshi kurash korrupsiyani insonlarni naqadar ayanchli ahvolga solishi tasvirlangan. Spektakl о‘qituvchi va talabalarda ijobiy fikr qoldirdi.