“Kamalak jilosi” nomli Oila va bolalar amaliy psixologiyasi hamda psixoterapiyasi xalqaro festivali bо‘lib о‘tdi.

27-29 sentabr kunlari Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi (RBIMM) binosida “Kamalak jilosi” nomli Oila va bolalar amaliy psixologiyasi hamda psixoterapiyasi xalqaro festivali bо‘lib о‘tdi. Festivalga Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya Respublikasi, Ukraina va Isroil davlatidan mehmonlar – trenerlar tashrif buyurishdi. 

Bino hovlisida markazning “Ota-onalar klubi”, “Farishtalar” klubi, О‘zbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi “Mehrli qо‘llar”, shuningdek, ixtisoslashtirilgan maktab о‘quvchilari tomonidan qо‘lda tayyorlangan narsa-buyumlar kо‘rgazmasi tashkil etildi. Kamalak turli rangda jilolangani kabi festival ham muzokarali guruhlar, о‘yinlar, mahorat darslari, amaliy psixologiya va psixoterapiyaning mashhur ustalaridan taqdimotlar bilan qiziqarli о‘tkazildi.

О‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, О‘zbekiston Respublikasining Olmaota shahridagi Bosh Elchixonasi kо‘magida gо‘zal Toshkent shahrida “Kamalak jilosi” nomli tо‘rtinchi Oila va bolalar amaliy psixologiyasi hamda psixoterapiyasi festivali tashkillashtirildi.

Sankt-Peterburg shahridagi «Imaton» amaliy psixologiya instituti, Qozog‘iston  Respublikasi Perinatal psixologlar va psixoterapevtlar assotsiatsiyasi festivalning rasmiy partnyori sifatida ishtirok etdi.

2019 yil 27-29 sentabrida hamkorlikda tashkil etilgan Kamalak jilosi” festivali bо‘lib о‘tdi. Festivalning maqsadi – ota-onalar, pedagoglar, ginekologlar, pediatrlarning psixologik-pedagogik kompetentliligini oshirish, oila ichidagi muammolarni,  er-xotinlik va bolalar – ota-onalar munosabatlarini hal qilish, mutaxassislarning bolalar va о‘smirlar psixologiyasi sohasidagi bilimlarini chuqurlashtirishdan iborat.     

 Festivalda muzokarali guruhlar, о‘yinlar, mahorat darslari, amaliy psixologiya va psixoterapiyaning mashhur ustalaridan taqdimotlar о‘tkazildi.

                Festivalda Oligofrenopedagogika kafedrasi dotsenti, p.f.n. D.A.Nurkeldiyeva spiker sifatida ishtirok etib,  27 sentabrda  “Модел психолого-педагогического и соsиального сопровождения детей раннего возраста, входящих в группу риска” mavzusida maxorat-maktabi о‘tkazdi. Maxorat maktabida  rivojlanishida nuqsoni bo’lgan erta yoshdagi  bolalar bilan faoliyat kо‘rsatadigan logopedlar, defektologlar, psixologlar, ijtimoiy xodimlar, pediatrlar ishtirok etdilar.