Islom Karimov xayriya jamoat fondi chet elda tahsil olish uchun navbatdagi tanlovni e’lon qildi

Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi chet el oliy ta’lim muassasalarining magistratura dasturida tahsil olish imkoniyatini beruvchi IV-tanloviga hujjatlarni qabul qilishni boshlaydi.

Oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi bosqichida tahsil olayotgan talabalar hamda avvalgi yilda bitirgan bitiruvchilar mazkur tanlovda ishtirok etishi mumkin. Tanlov quyidagi yо‘nalishlar bо‘yicha amalga oshiriladi:

  • Qayta tiklanuvchi energiya manbalari
  • Kimyo va kimyo texnologiyasi
  • Suv va yer resurslarini boshqarish
  • Mashinasozlik texnologiyalari
  • Arxitertura. Bino va inshootlar qurish
  • Avtomobil yо‘llari, kо‘priklar, tonellar, yо‘l о‘tkazgichlar va aerodromlarni loyihalash va qurish
  • Tekstil sanoati texnologiyalari va uskunalari
  • Turizm xizmalarini tashkil etish va boshqarish
  • Axborot xizmatlari va jamoatchilik bilan aloqalar

Universitetning barcha bitiruvchi kurs talabalarini tanlovda ishtirok etishga taklif etamiz. Hujjatlarni qabul qilish 15 oktabr kuni boshlanadi.