“Ustoz otangdek ulug‘”

8-sonli talabalar turar joyida tadbir bo'lib o'tdi.

    Kelajak avlodimiz ta’lim tarbiyasi farzandlarimizni barkamol inson etib kamolga yetkazishga alohida e’tibor qaratish xalqimizga xos ezgu fazilatlardan biridir. Xalqimizning  “Ustoz otangdek ulug‘” – degan naqlida ham o‘qituvchi va murabbiylarga bo‘lgan samimiy ehtirom namoyon. Bir necha yildurki 1-oktyabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami sifatida nishonlanib kelinmoqda. Ming – minglab murg‘ak qalblarga ezgulik yog‘dusini jo etadigan , o‘z o‘quvchilariga hayot maktabini beradigan, mo‘tabar zot o‘qituvchidir. Shu maqsad yo‘lida tolmay mehnat qilayotgan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti  o‘qituvchilari uchun ham universitetimizning tarix fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalari tomonidan  8-sonli talabalar turar joyida tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu tadbirda talabalar ustozlarini o‘zlari tayyorlagan she’r, ashula va raqslari bilan xushnud qilishdi. Ayniqsa sahna ko‘rinishi hammada tarbiyaviy taasurot qoldirdi.