"Biz bilgan va bilmagan dunyo"

"Biz bilgan va bilmagan dunyo" intelektual o’yinni tashkil etildi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga qarashli 10-sonli Talabalar turar joyida Mirzo Ulug’bek nomidagi Milliy Universitet doktoranti Husniddin Boyqobilov hamda Tabiiy fanlar fakulteti va Pedagogika-psixologiya fakultetlari yoshlar bilan ishlash bóyicha dekan órinbosarlari, TTJ tarbiyachisi, TTJ talabalar kengashi raisi bilan hamkorlikda talabalar uchun  "BIZ BILGAN VA BILMAGAN DUNYO" intelektual o’yinni tashkil etildi. Talabalarning bo'sh vaqtini unumli va samarli tashkil qilish maqsadida keng soha yo'nalishlarida juda qiziqarli intelektual o’yin tashkil qilindi. Ushbu intelektual o'yinda talaba yoshlar juda faol ishtirok etdilar. Intelektual o'yinning savollari qiziqarli va turli xil fanlarni qamrab oldi, jumladan ona tili adabiyot, geografiya, tarix, etnogeografiya, fizika, biologiya, zoologiya, kimyo, psixalogiya va mantiqiy savollar talabalarning bilimlarini yanada oshirishga yordam berdi.

Bellashuvda quyidagi jamoalar qatnashdi: Everest, Adolat, Istiqlol, Pedagoglar, Liberal.

O'yin yakunida:

1-o'rin Adolat; (Pedagogika-psixologiya fakulteti)

2-o'rin Liberal; (Tabiiy fanlar fakulteti)

3-o'rin Pedagoglar (Pedagogika-psixologiya fakulteti) jamoalari g'olib bo'lishdi. Keyingi turdagi o'yinlarda 3 ta g’olib jamoa chorak finalda bahs olib boradi. Tezkor intelektual savol javoblarda faol ishtirok etgan talabalar Faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi.