“O`zbekiston va Fransiya hamkorligi”

“Masofaviy ta’lim” kafedrasi “O`zbekiston va Fransiya hamkorligi” mavzusida yig`ilish bo`lib o`tdi.

2019-yil 10-oktabr kuni “Masofaviy ta’lim” kafedrasi “O`zbekiston va Fransiya hamkorligi” mavzusida yig`ilish bo`lib o`tdi. Bunda Fransiya davlatining Nica Sophia universiteti PhD doktori Sylvian Roy o`z ma’ruzalari orqali “Masofaviy ta’lim” kafedrasi o`qituvchilari bilan o`rtoqlashdi. Keyinchalikdagi hamkorlik masalalari kelishib olindi. Ushbu tadbir “O`zbekiston 24” va “O`zbekiston” radio kanallari va “Bekajon” jurnallari orqali ommaga tarqatilmoqda.