Universitetda “Xalqaro qizlar kuni” munosib nishonlandi!

BMT bosh Assambleyasi tashabbusi bilan 2012 yildan boshlab har yili 11-oktyabr kuni “Xalqaro qizlar kuni” keng nishonlanib kelmoqda.

Ushbu sana munosabati  bilan  “Maktabgacha ta’lim” fakultetida  ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Universitet Xotin qizlar qo‘mitasi  raisi M.A. Sobirova “Xalqaro qizlar kuni” bilan talaba qizlarni ushbu sana munosabati bilan  tabriklab, o‘z ma’ruzasida bugungi kunda qizlarga  bo‘layotgan cheksiz hurmat, e’tibor, oila, oilaviy munosabatlar, oila tarbiyasi, allomalarning falsafiy qarashlari, o‘zbek qizlarining or-nomusi, iffati,  hayosi borasida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbirda universitet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor O.A. Qo‘ysinov ishtirok etdi.