Talabalar festivaliga marhabo!

“Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida 17-19 oktyabr kunlari Toshkent shahrida respublika talaba-yoshlar festivali o‘tkazilmoqda.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan beshta muhim tashabbus doirasida “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida 17-19 oktyabr kunlari Toshkent shahrida respublika talaba-yoshlar festivali o‘tkazilmoqda.

Festivalda xohlovchilar ishtirok etishlari mumkin. Tadbir yakunida g‘oliblar va eng faol ishtirokchilar festival statuetkasi hamda qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlanadi.

Aziz, talaba-yoshlar, Sizlarni yoshlik va do‘stlik bayramiga taklif qilamiz!