“Eng yaxshi kitobxon”

Fakultet bo‘ylab “Eng yaxshi kitobxon” tanlovi tashkil etiladi.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan 5 ta muhim tashabbusning to'rtinchisi bo‘lgan yoshlar ma‘naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga  yо‘naltirilgan tashabbus ijrosini ta’minlash, yoshlarning bo'sh vaqtlarini  mazmunli tashkil etish maqsadida Nizomiy nomidagi Toshkent Davlar Pedagogika Universiteti  Maxsus Pedagogika fakulteti Logopediya kafedrasi tomonidan “Eng yaxshi kitobxon” musobaqasi tashkil etiladi.

Musobaqa uch bosqichda olib boriladi. Birinchi bosqich 9-noyabr kuni bolib otadi, bu bosqichda talabalar quyidagi 8 ta kitob yuzasidan bellashadilar:

1.     A. Qodiriy   “O‘tkan kunlar”

2.     S.Axmad    “Qora ko‘z  majnun”

3.     T.Malik    “Alvido bolalik ”

4.     T.Murod    “Ot kishnagan oqshom ”

5.     Cho‘lpon   “Kecha va kunduz”

6.     R.N.Gutekin   “Choliqushi”

7.     Mirmuhsin    “Chotqol yo‘lbarsi ”

8.     X.To‘xtaboyev   “Sariq devni minib”

         Saralash bosqichidan o‘tgan talabalar ikkinchi bosqichga  yo‘l olishadi.

 Ikkinchi bosqichda quyidagi badiiy adabiyotlar yuzasidan  tanlov bo‘lib o‘tadi:

1.     X.To‘xtaboyev   “Mungli Ko‘zlar ”

2.     P.Koelo    “Alkimyogar”

3.     T. Malik    “Saodat saroyining kaliti ”

4.     A. Kristi  “Puaro”

5.     S. Axmad   “ Jimjitlik ”

6.     A. Namozov   “Harobadan  chiqqan mashxurlar”

7.     O‘.Hoshimov   “Ikki eshik orasi ”

8.     P.Qodirov  “Uch ildiz”

Ikkinchi bosqichdan o‘tgan  talabalar uchinchi bosqichga o‘tkaziladi. Uchinchi bosqichda g‘oliblar aniqlanadi va diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.

Tanlovda ishtirok etish uchun Logopediya kafedrasiga murojaat qilishingiz mumkin. Ishtirokchilarni ro’yxatdan o’tkazish 1-noyabrga qadar davom etadi.

Ma`sul shaxs:  Logopediya kafedrasi o’qituvchisi O.Y.Bozorov

Murojaat uchun telefon: + 998998640968

                                        +998935860968