“Keksalar haftaligi”

Fizika-matematika fakultetida “Keksalar haftaligi” munosabati bilan sportning shashka-shaxmat turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Ma’lumki, mamlakatimizda oktyabr oyining birinchi haftasi “Keksalar haftaligi”  etib belgilandi. Mazkur haftalik doirasida joriy yilning 4-oktyabr kuni fizika-matematika fakultetida aql gimnastikasi sifatida e’tirof qilinuvchi shaxmatni keng targ‘ib qilish, sportning ushbu turiga fakultetda bir necha yillar faoliyat ko‘rsatgan professor-o‘qituvchilarni jalb qilish maqsadida Faxriylar kubogi sport musobaqasi tashkil etildi.

  Fizika-matematika fakulteti professor-o‘qituvchilari va faxriylar o‘rtasida o‘tkazilgan shaxmat musobaqasidan ko‘zlangan maqsad ham professor-o‘qituvchilarining sportga qiziqishini oshirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishdan iboratdir. Musobaqa 2 bosqichda tashkil qilindi. Birinchi bosqich kop yillar fakutetda faoliyat ko‘rsatgan hozirgi kunda nafaqa gashtini surayotgan professor-o‘qituvchilar o‘rtasida, ikkinchi bosqich kafedralarda faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar birinchiligi uchun o‘tkazildi. Musobaqada barcha o‘qituvchilar faol ishtirok qilishdi. Shashka-shaxmat musobaqasi kunning ikkinchi yarmida 3 soat davom etganligi o‘qituvchilarning shaxmatga qiziqishi naqadar kattaligidan va sportning ushbu turini mukammal egallaganidan dalolat beradi.

   Uzoq davom etgan bahslardan so‘ng g‘oliblar aniqlanib, faxrli  o‘rinlarni ko‘p yillar Umumiy matematika kefedrasida faoliyat ko‘rsatgan professor O‘.Toshmetov, B.Toshpo‘latov, I.Mirmaxmudov, O.Mursurmonovlar egallashdi.