O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi

Boshlang‘ich ta’lim fakulteti faollar zalida 2019-yil 16-oktyabr kuni adabiy-ma’rifiy kecha uyushtirildi.

Boshlang‘ich ta’lim fakulteti faollar zalida 2019-yil 16-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, Xalqaro Bobur mukofoti sovrindori, taniqli shoir Mirza Kenjabek va O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Shuhrat” medali sohibasi,  atoqli shoira Umida Abduazimovalar bilan Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish yo‘nalishi talaba-yoshlari o‘rtasida adabiy-ma’rifiy kecha uyushtirildi. 

Adabiy-ma’rifiy davra suhbatini Boshlang‘ich ta’lim fakulteti dekani pedagogika fanlari doktori Abdumalik Akramov kirish so‘zi bilan ochib berdi.  Tadbirda shoirlar Mirza Kenjabek va Umida Abduazimovalar so‘zga chiqib, o‘zbek tilining davlat maqomini olish jarayonidagi tarixiy voqea-hodisalar, buning xalqimiz hayotidagi katta o‘rni, yutug‘i, ahamiyati haqida ma’ruza qilishdi.  Shundan so‘ng shoirlar Mirza Kenjabek va Umida Abduazimovalar uchrashuv davomida o‘z ijodlaridan namunalar o‘qib, yosh ijodkor talaba-yoshlarning ham she’riy asarlaridan tinglashdi va ijobiy munosabat bildirishdi.