“Ta’lim muassasalarida turli tusdagi favqulodda vaziyatlardan muhofazalanishda fuqaro muhofazasi tuzilmalarining o‘rni”

2019-yil 23-oktabr kuni “Ta’lim muassasalarida turli tusdagi favqulodda vaziyatlardan muhofazalanishda fuqaro muhofazasi tuzilmalarining o‘rni” mavzusida ko‘rgazmali amaliy seminar bo'lib o`tdi.

Ushbu amaliy seminarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi  bo‘lim boshlig‘i Yuldashev O‘rinboy Raxmonberdiyevich, FVV fuqaro muhofazasi instituti dotsenti Xusanova Sumbula Islamovna, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bo‘limi boshlig‘i Qodirov Ravshan Hamidjanovich, O‘zbekiston Respublikasi sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, nazorat profilaktika faoliyatini tahlil qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Jo‘rayev Olimjon Azizovich, Favqullodda vaziyatlar vazirligi vakili Mahmudov Tohir Hakimovich, Chilonzor tumani 39-oilaviy poliklinika bosh shifokori Mamatxonova Dildora Xikmatovna, Oliy ta’lim muassasalari Toshkent shahri Oliy ta’lim muassasalari prorektorlari, bo‘lim boshliqlari hamda HFX kafedra mudirlariToshkent shahri KHK direktorlari o‘rinbosarlari ishtirok etishdi.

Amaliy seminar kun tartibida quyidagi masalalar bo‘yicha ma’ruzalar eshitildi:

1.Talim tizimida aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlashni tartibi”

2, “O‘zbekistonda mehnatni muhofaza qilishning huquqiy-me’yoriy masalalari”

3. “Davlat qo‘mitasining xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida  sanoat xavfsizligi  masalasi yuzasida amalga oshirayotgan ishlari”

4. “Zilzila oqibatida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligini ta’minlash”

5.   Botulizm kasalligi. Qutirish  va uning  profilaktikasi”

6.Turli darajadagi favqulodda vaziyatlarda qo‘llaniladigan chora-tadbirlar

7. Ta’lim tizimlarida mehnat muhofazasi masalalari

Yig‘ilishni Universitet rektori, prof. Shavkat Safarovich Sharipov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Amaliy seminar qatnashchilarini tabrikladilar.

 

Amaliy seminarda Chilonzor tumani yong‘in xavfsizligi xodimlari seminar ishtirokchilariga ko‘rgazmali chiqish qilib berdilar.