Fransuz qomusiy olimi Pierre Laroussening 202 yilligiga bag’ishlab tadbir o’tkazildi

Xorijiy tillar-1 kafedrasi o’qituvchilari 2019-yilning 30-oktyabr sanasida 10-sonli TTJ da mashhur fransuz qomusiy olimi Pierre Laroussening 202 yilligiga bag’ishlab tadbir tashkil etishdi.

Bunda universitetimizning Pedagogika va psixologiya fakulteti talabalari faol ishtirok etishdi. Ular fransuz tilidan o’rganayotgan bilimlarini namoyish qilishdi. Ayniqsa, hozirda o’qituvchilarimiz tomonidan tajribada qo’llanilayotgan PIRLS programmasi asosida talabalarning chet tilida matnni o’qish va idrok etish mahoratlari oqilona tahlil etildi.