Xorijiy til va adabiyoti (nemis tili va adabiyoti)

5111400 – Xorijiy til va adabiyoti (nemis tili va adabiyoti)umumiy о‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun nemis tili bо‘yicha о‘qituvchi tayyorlash jarayonida foydalaniladigan fanlar, pedagogik faoliyat vositalari, usullari, metodlari yig‘indisidan iborat bо‘lgan ta’lim yо‘nalishidir.

5111400 – Xorijiy til va adabiyoti (nemis tili va adabiyoti) ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining tavsifi

 

4.1 Bakalavrning kasbiy faoliyat sohasi 5111400 – Xorijiy til va adabiyoti (nemis tili va adabiyoti)umumiy о‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun nemis tili bо‘yicha о‘qituvchi tayyorlash jarayonida foydalaniladigan fanlar, pedagogik faoliyat vositalari, usullari, metodlari yig‘indisidan iborat bо‘lgan ta’lim yо‘nalishidir. 4.2 Bakalavrlarning kasbiy faoliyati obyektlari 5111400 – Xorijiy til va adabiyoti (nemis tili va adabiyoti)ta’lim yо‘nalishi bakalavrlarning kasbiy faoliyati obyektlari – umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, о‘quvchilar, о‘quv-tarbiya jarayoni, о‘qitishning pedagogik texnologiyalari va metodlari. 4.3 Bakalavrlarning kasbiy faoliyati turlari 5111400 – Xorijiy til va adabiyoti (nemis tili va adabiyoti) ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha bakalavr о‘z psixologik-pedagogik, kasbiy tayyorgarligiga muvofiq quyidagi kasbga oid faoliyat turlari:

  • о‘qituvchilik;
  • tarjimonlik;
  • tarbiyachilik;
  • о‘quv-metodik;
  • muharrirlik;
  • musahihlik;
  • ilmiy-tadqiqot.

Bakalavr tayyorlanadigan kasbiy faoliyatning muayyan turlari ta’lim jarayonining manfaatdor ishtirokchilari bilan hamkorlikda oliy ta’lim tizimi tomonidan aniqlanadi.         4.4 Bakalavrlar kasbiy faoliyatining vazifalari 5111400 –Xorijiy til va adabiyoti (nemis tili va adabiyoti) ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha bakalavr ta’lim dasturini о‘zlashtirish natijasida kasbiy tayyorgarlikning asosiy turlari va maxsus tayyorgarligiga mos quyidagi kasbiy vazifalarni yechishi kerak: -        о‘qituvchilik: umumiy о‘rta ta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida nemis tili  о‘qituvchisi bо‘lib ishlash; –  tarjimonlik: tarjimaning umumiy va maxsus nazariyalari asosida tarjima turlarini amalga oshirish; -        tarbiyachilik: umumiy о‘rta ta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlaridan tashqari muassasalarda tarbiyachi bо‘lib ishlash; -        о‘quv-metodik: mos ta’lim yо‘nalishlar bо‘yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida metodist bо‘lib ishlash; -        muharrirlik va musahihlik: nashriyot va bosmaxonalarda nemis tiliga oid adabiyotlarni tahrir  va korrektorlik qilish; ilmiy-tadqiqot muassasalarida ilmiy xodim bо‘lib ishlash va boshqa ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish.


Yana o`qing