Yong‘in xavfsizligi oyligi

5-talabalar turar joyida 2019-yil 6-noyabr kuni Yong‘in xavfsizligi instruktori Fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar bo‘yicha muhandislar B.Matchanov, O‘.Chankaev hamda Fizika-matematika fakulteti talabalari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.

 

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Chilonzor tumanida joylashgan 5-talabalar turar joyida 2019-yil 6-noyabr kuni   yong`in xavfsizligi oyligiga bag`ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Yong‘in xavfsizligi instruktori Fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar bo‘yicha muhandislar B.Matchanov, O‘.Chankaev hamda Fizika-matematika fakulteti talabalari ishtirok etdi.

 

“O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi” mavzusida Fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar bo‘yicha muhandis  O‘.Chankaev so‘zga chiqib favqulodda holatlar, ular sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakatlanish, insonlar o‘zlarini bunday holatlarda boshqarishni bilishlari lozimligini takidladi. Bu borada Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi tashkil etilganligi va Respublikamizda olib borilayotgan ishlar haqida tushunchalar berib o‘tdi.

 Yong‘in xavfsizligi instruktori B.Machanov “Birlamchi yong’in o‘chirish vositalaridan foydalanish” mavzusida tadbir o‘tkazish rejalashtirilganligi, bir so‘z bilan aytganda barkamol avlodni kamolga yetkazish borasida ko‘plab davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilayotgani haqida gapirib o‘tdi. Jumladan, “Yong‘in xavfsizligi oyligi”ni o‘tkazishdan asosiy maqsad sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarni oldini, olish aholi o‘rtasida keng qo‘lamdagi tushintirish va targ‘ibot ishlarini kuchaytirish va shu orqali yong‘inlar sonini kamaytirishdan iboratligi xaqida gapirib o‘tdi. Aksariyati sodir bo‘lgan xodisalarni taxlil qilar ekanmiz, xar bir yong‘in o‘z o‘zidan emas, balki insonlarning loqaytliklari, beparvoliklari, yong‘in xavfsizliklariga rioya etilmasliklari, qolaversa bolalarni qarovsiz qoldirish natijasida va bolalarning sho‘xligi oqibatida kelib chiqmoqdaligini aytib o‘tdi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga qoniqarli javob oldilar.