“Rossiyada maktabgacha ta’limning rivojlanish tarixi va zamonaviy aspektlari” mavzusida webinar amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

Moskva davlat pedagogika universitetining Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi kafedrasi bilan “История развития дошкольной педагогики в России и современные аспекты” mavzusida 2019-yil 7-noyabrda vebinar tarzda amaliy seminar o‘tkazildi.

Xorij tajribalari acosida ta’lim-tarbiya samaradorligiga erishish, bu boradagi  mavjud yutuq va kamchiliklar,  talab va takliflarni  o‘rganish va tahlil qilish, o‘zaro fikr almashish, maktabgacha ta’lim muassasalari uchun variativ dasturlarni qo‘llash kabi jahon miqyosidagi ilg‘or tajribalarni  ommalashtirish maqsadida universitetning Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi kafedrasi tamonidan Moskva davlat pedagogika universitetining Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi kafedrasi bilan  “История развития дошкольной педагогики в России и современные аспекты” mavzusida 2019-yil 7-noyabrda vebinar tarzda amaliy seminar o‘tkazildi.

Moskva pedagogika davlat universiteti Maktabgacha ta’lim pedagogikasi va psixolgiyasi fakulteti maktabgacha ta’lim kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi Volobueva Lyudmila Mixaylovna ishtirokida tashkil etilgan vebinar amaliy seminarda sohadagi tajribalar, erishilgan yutuq va kamchiliklar, maktabgacha ta’limni rivojlantirishga oid taklif-mulohazalar o‘rtaga tashlandi. TDPU talabalari tomonidan berilgan savollarga xorijlik mutaxassis tomonidan javob berildi.