Men ham vatan himoyachisiman

“Men ham vatan himoyachisiman” shiori ostida maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi

2019-yil 6-noyabr kuni Maktabgacha ta’lim fakulteti, O‘zbekiston Respublikasi Mudofa vazirligi hamda Toshkent shahar Chilonzor tumani MTT boshqarmasi bilan hamkorlikda “Men ham vatan himoyachisiman” shiori ostida  maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.

Ko‘rik-tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad -  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi PQ-4312-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 fevraldagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi”da belgilangan vazifalar ijrosidan kelib chiqqan holda, yosh avlodni har tomonlama yetuk, intellektual va ma’naviy salohiyati yuksak, Vataniga sadoqatli insonlar etib tarbiyalashning ahamiyati to‘g‘risidagi tasavvur va bilimlarini yanada boyitishga yo‘naltirildi.

Ko‘rik tanlovda Maktabgacha ta’lim fakultetining  Musiqa ta’lim yo‘nalishi talabalari hamda professor o‘qituvchilari ijrosida badiiy chiqishlar namoish etildi.  Ko‘rik tanlovda  284,350,534,586 MTTdan 530 nafar tarbiyalanuvchilar jalb etildi. Ko‘rik tanlov 3 ta shartdan iborat bo‘lib,  bunda 1-shart harbiy jismoniy chiqish 2- shart ona vatanga muhabbat hamda harbiy vatanparvarlikni madh etgan holda rasm chizish, hamda 3-  shart sahna ko‘rinishdan iborat bo‘ldi.  Hamokorlikda tayyorlangan ko‘rik tanlov “Maktabgacha ta’lim” fakulteti talabalari uchun ham maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida kreativlikni shakllantirish, tarbiyachilik faoliyatiga innovatsion yondashuvlar borasidagi tasavvurlari va bilimlarini boyitishga xizmat qildi.