Yoshlar orasida informatsion-psixologik hurujlar va ommaviy madaniyat

"Yoshlar orasida informatsion-psixologik hurujlar va ommaviy madaniyat" mavzusida davra suhbati tashkil etdi. 

Maktabgacha ta’lim fakultetining Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha mas’ul Rasulxo‘jaeva M.A. hamda kafedra  o‘qituvchisi Salimova D.F. MT-203-murabbiylik guruhida 2019-yil 6-noyabr kuni XTXQTUMOHM professor-o‘qituvchilari p.f.n. Karimova Gavhar va  katta o‘qituvchi Alieva Kamola bilan hamkorlikda "Yoshlar orasida informatsion-psixologik hurujlar va ommaviy madaniyat" mavzusida davra suhbati tashkil etdi. Mazkur tadbirda slaydlar orqali bugungi kunda ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda uchrab turadigan ba’zi bir salbiy oqibatlarga sabab bo‘luvchi lavhalar ko‘rsatilib ular haqida talabalar fikr-mulohazalari yuritdilar.