«Mening bayrog`im - mening faxrim!»

20-noyabr kuni “Mening bayrog`im-mening faxrim!” nomli bayram tadbiri tashkil etildi

 

Joriy yilning 20-noyabr kuni universitet faollar zalida Maktabgacha ta`lim fakultetida O`zbekiston Respublikasi bayrog`i qabul qilinganligining 28 yillik munosabati bilan “Mening bayrog`im-mening faxrim!” nomli bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirni Maktabgacha ta`lim fakulteti dekani M.T.Mirsoliyeva ochib, yurtimizda har yili 18-noyabr O`zbekiston Respublikasi bayrog`i qabul qilingan kun keng miqyosda bayram sifatida nishonlanib kelinishi va bugungi tadbir ham shular jumlasidan ekanligini izohlab o`tar ekan, barchani ushbu kun bilan tabrikladi.

So`ngra tadbirning badiiy qismiga o`tildi. Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 217-sonli maktabning “Olmos” ashula va raqs ansambili ijrosida “G`ururimsan bayrog`im” nomli qo`shiq va raqs ijro etildi.

Musiqa ta`lim yo`nalishi talabalari tomonidan vatanni madh etuvchi kuy va qo`shiqlar, she`riy chiqishlar namoyish etildi.