“Turli sanoq sistemalarida amallar bajarish” mavzusida ochiq dars o’tkazildi

2019-yil 7-dekabr kuni “Turli sanoq sistemalarida amallar bajarish” mavzusida ochiq dars o’tkazildi.

2019-yil 7-dekabr  kuni Masofaviy ta’lim kafedrasida Informatika fanidan “Turli sanoq sistemalarida amallar bajarish” mavzusida o’qituvchi Saidova Zaxro Rahmatullayevna tomonidan ochiq dars o’tkazildi.

Ochiq darsda o’quvchilar kichik guruhlarga bo’lingan holda berilgan topshiriqlarni bajarishdi. Darsda o’qituvchi “Auksion”, “Namoyish”, “Insert”, va “Muammoli vazifa” metodlari, “Kop-Kop” texnologiyasidan foydalangan holda amaliy mashg’ulotni olib bordi. Dars jarayonida talabalar faol ishtirok etishdi.