Konstitutsiya – baxtimiz qomusi

2019-yil 6-dekabr kuni Nizomiy nomidagi TDPUda “Konstitutsiya –baxtimiz qomusi” nomli tadbir o'tkazildi.

2019-yil 6-dekabr kuni Nizomiy nomidagi TDPU Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘lim Masofaviy ta’lim kafedrasi talabalari ishtirokida “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” nomli tadbir o'tkazildi. Tadbir Boshlangich ta’lim, Maktabgacha ta’lim, Texnologik ta’lim, Tasviriy san’at, Tarix, Informatika, Pedagogika va psixologiya yo’nalishi talabalari o’rtasida bellashuv tarzida o’tkazildi.Talabalarimiz o’zlarining chiroyli chiqishlari bilan faol qatnashib, barchani xushnud qilishdi .