Maxsus pedagogika fakulteti Oligofrenopedagogika kafedrasi filiallari bilan hamkorlikda seminar-trening o‘tkazildi

2019-yil 30-dekabrda Maxsus pedagogika fakulteti Oligofrenopedagogika kafedrasi filiallari bilan hamkorlikda “Pedagogik va o‘quv amaliyotining samaradorligini oshirish mexanizmlari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

30-dekabr 2019-yil sanasida Maxsus pedagogika fakulteti Oligofrenopedagogika kafedrasi professor-o‘qituvchilarining Toshkent shahar Yunusobod tumani 87-sonli ixtisoslashtirilgan yordamchi maktab filialida “Pedagogik va o‘quv amaliyotining samaradorligini oshirish mexanizmlari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Seminar-treningda Oligofrenopedagogika kafedrasi mudiri M.P.Xamidova, professor P.M.Pulatova, dotsentlar D.Nurkeldieva, Sh.Amirsaidova, L.Nurmuxamedova, N.Yusupova, N.Musaeva, o‘qituvchilar I.Xamraeva, O.S.Axmedova, L.Miraxmedova, D.Azizova, D.Anvarova, 87-sonli ixtisoslashtirilgan yordamchi maktab direktori G.Z.Azimova, direktor muovinlari I.V.Abduraxmonov, Z.Yuldasheva va ixtisoslashtirilgan yordamchi maktabning barcha pedagog xodimlari ishtirok etdilar.