“Vatanni asrash – sharafli burch!”

Tarix fakulteti “Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari” kafedrasi professor o‘qituvchilari tomonidan fakultet talabalari ishtirokida “Vatanni asrash – sharafli burch!” mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Shu kunlarda ona Vatanimizning  har bir go‘shasida  “14-yanvar Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan bayram tadbirlari keng nishonlanmoqda.

Jumladan, joriy yiling 14-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F-5529-son farmoyishi, shuningdek, 2019/2020-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish maqsadida “Ma’rifatli yoshlar – yurt ko‘zgusi” shiori ostida turkum ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha namunaviy “Yo‘l xaritasi”ning tegishli bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida Tarix fakulteti “Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari” kafedrasi professor o‘qituvchilari tomonidan fakultet talabalari ishtirokida “Vatanni asrash – sharafli burch!” mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda zahiradagi polkovnik, Respublika “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, shoir  Zikrilla Ne’matov, Tarix fakulteti dekani V. Ishquvatov, Universitet xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M. A. Sobirovalar so‘zga chiqib ona Vatanimizni himoya qilish, uni ko‘z qorachig‘idek asrash eng sharafli burch ekanligini alohida ta’kidlashdi.

Fakultet talaba yigitlarining turli shartlarda o‘zaro bellashuvlari bilan davom etgan tadbir ona Vatanimizni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlarga ulanib ketdi.