Nizomiy nomidagi TDPUga kelib tushgan muammoli murojaatlarga rasmiy munosabat

1) “Facebook” ijtimioy tarmog‘i foydalanuvchilaridan biri “Xalq va davlat/Народ и государство” guruhida 2020 yilning 14 avgust kuni “Nizomiy nomidagi TDPUda “Defektologiya”, “Surdapedagogika” yo‘nalishlari bo‘yicha ikkinchi oliy ta’lim olish istagini borligini, ammo mazkur yo‘nalishlari bo‘yicha 2-mutaxassilikda o‘qish tashkil etilmaganligi” haqida yozgan. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim uchun qabulni O‘zbekiston Respublikasi Davlat qabul komissiyasining 2020 yil 7 avgustdagi 2-sonli bayoni ilovasi bilan tasdiqlangan ta’lim yo‘nalishlari uchun http://ikkinchitalim.edu.uz/ elektron platformasi orqali belgilangan muddatlarda amalga oshirganligi va mazkur platformada keltirilgan ta’lim yo‘nalishlari tarkibida 5111900- Defektologiya (faoliyat turlari bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi mavjud bulmaganligi sababli ushbu ta’lim yunalishiga arizalar kabul qilinmaganligini ma’lum qilamiz.

2)“Telegram” tarmog‘idagi “Talaba – LIVE ” ochiq guruhida joriy yilning 17 avgust kuni anonim ko‘rinishda Talabalar turar joyi (TTJ)da yashovchi universitet talabasidan murojaat e’lon qilingan. Murojaatda talaba universitet yotoqxonasiga bir yillik to‘lov to‘laganligi, ammo pandemiya sharoitida barcha talabalar uyiga qaytarilganligi tufayli TTJda besh oy yashaganligi, shuning uchun to‘langan summaning yarmini kontraktga o‘tkazib berishi so‘ralgan. Aniqlanishicha, mazkur masala yuzasidan shu paytgacha universitet rahbar xodimlariga birorta talaba tomonidan hech qanday murojaat bo‘lmagan. Ushbu masala bo‘yicha murojaat kelib tushgan taqdirda, o‘z istagiga ko‘ra, talabaning puli hech qanday e’tirozsiz o‘ziga qaytarib beriladi yok qolgan to‘lov muddati tugagunga qadar universitet TTJda to‘lovsiz yashashi mumkinligini bildiramiz.

3)“Marifat” gazetasining joriy yil 19 avgustdagi №29-sonining 2-sahifasida Bekobod tumani 10-sonli maktab direktori Abdusalom Sattorov muallifligidagi “Kalavaning uchi qayerda?” yohud Bekoboddagi ayrim maktab o‘qituvchilari soxta diplom bilan ishlayotgani haqida” materiali chop etilgan. Unda 10-sonli maktabning biologiya fani o‘qituvchisi I.Gaybullayev va tarix fani o‘qituvchisi M.Kenjayevaga Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan berilgan diplomlar qonunga zid ravishda berilgani aytilgan. O‘rganish davomida I.Gaybullayev va M.Kenjayevaga Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan berilgan diplomlar haqiqiyligi hamda o‘rnatilgan tartibga muvofiq berilgani aniqlandi. Bu bo‘yicha Bekobod tumani adliya bo‘limi boshlig‘i B.Raximovning 2018 yil 21 noyabrdagi №2-3/123 sonli xatiga, Gaybullayev Ismoil Arifjonovich va Bayjigitova Mukarram Kushbaxtovnalar haqiqatdan universitetda o‘qiganligi va mutaxassisligi bo‘yicha diplom topshirilganligi haqida javob xati ham yozilgan. Gaybullayev Ismoil Arifovich 1989 yil Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining biologiya ixtisosligi bo‘yicha 1-kurs sirtqi bo‘lim talabalari safiga qabul qilingan (buyruq SZ-310.27.07.1989 y) va 1994 yil unga (buyruq 487-SBT.16.11.1994 y) biologiya o‘qituvchisi ixtisosligi diplomi berilgan. Bayjigitova Mukarram Kushbaxtovna 1992 yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining tarix (qo‘shimcha eski o‘zbek tili va yozuvi) ixtisosligi bo‘yicha 1-kurs kunduzgi bo‘limiga qabul qilingan (buyruq 763-S.25.08.1992 y) va keyinchalik turmush qurganligi sababli talabaning familiyasi “Kenjayeva”ga o‘zgargan. 4-kursga o‘tgandan so‘ng M.Kenjayevaga farzandli bo‘lganligi sababli 1995 yil 5 sentyabrdan 1996 yil 5 sentyabrga qadar akadem ta’til berilgan (buyruq S-498.08.09.1995 y). Kunduzgi bo‘lim tarix fakulteti 4-kurs talabasi M.Kenjayeva 1996 yil 26 avgustdan akadem ta’tildan qaytgan deb hisoblangan va o‘quv rejadagi farqlarni topshirib bo‘lganligi sababli, shu fakultetning sirtqi bo‘limiga o‘tkazilgan (buyruq T-51.31.08.1996 y) va 1998 yili unga tarix va huquqshunoslik o‘qituvchisi ixtisosligi diplomi berilgan (buyruq 448-T.27.07.1998 y).