Xalqaro hamkorlik

Universitetning xorijiy mamlakatlar oliy о‘quv yurtlari va yurtimizda faoliyat kо‘rsatayotgan xorijiy tashkilotlar vakolatxonalari, elchixonalar bilan hamkorlik aloqalari yil sayin rivojlanib bormoqda. Ta’lim tizimini jahon andozalari darajasiga kо‘tarish kunning dolzarb vazifasiga aylangani sababli bu sohani kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. So'nggi yillarda Germaniya, Latviya, Ispaniya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Misr, Rossiya, Qozog'iston va Turkmaniston kabi etakchi Evropa va Osiyo universitetlari bilan hamkorlik o'rnatilgan. 

Universitetning xorijiy mamlakatlar oliy о‘quv yurtlari va yurtimizda faoliyat kо‘rsatayotgan xorijiy tashkilotlar vakolatxonalari, elchixonalar bilan hamkorlik aloqalari yil sayin rivojlanib bormoqda. Ta’lim tizimini jahon andozalari darajasiga kо‘tarish kunning dolzarb vazifasiga aylangani sababli bu sohani kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. So'nggi yillarda Germaniya, Latviya, Ispaniya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Misr, Rossiya, Qozog'iston va Turkmaniston kabi etakchi Evropa va Osiyo universitetlari bilan hamkorlik o'rnatilgan. XAB faoliyatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat: • Horijiy mamlakatlar o’quv yurtlari, ilm-fan markazlari, halqaro tashkilotlari bilan hamkorlik; • Horijiy fuqarolarni o’qishga qabul qilish; • Xalqaro anjumanlar ( uchrashuvlar, seminarlar, konferensiyalar, simpoziumlar, yubiley sanalari) o’tkazish; • Xalqaro dasturlarda ishirok etish (loyihalar, grantlar, stipendiyalar); • Nizomiy nomidagi TDPU vakillarini turli yo’nalish bo’yicha xorijga malaka oshirish, umumiy ta’lim tizimi, ustuvor yo’nalishlar bo’yicha zamonaviy ilm-fan yutuqlari bilan tanishish maqsadida safarlarga yuborish; • Chet ellik o’qituvchilar, mutaxassislarni ma’ruza o’qish, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun taklif etish. TDPUning xorijiy hamkorlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: Koreyaning yigirmadan ortiq universitetlari, Germaniyaning Albert Lyudvig nomidagi Frayburg universiteti, Frayburg pedagogika universiteti, Misrning Xelvan va Banha universitetlari, Rossiya Federatsiyasining Pushkin nomidagi Leningrad davlat pedagogika universiteti, Moskva energetika universiteti, Omsk davlat pedagogika universiteti, Ural davlat pedagogika universiteti hamda Qozog‘istonning Taraz davlat pedagigika universiteti, Ispaniyaning Malaga universiteti Ozarbayjonning Ozarbayjon davlat pedagogika universiteti, Gyanji davlat universiteti va Xitoy Xalq Respublikasining Shaansi pedagogika universiteti, Sharqiy Xitoy universitetlari bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi. Mazkur shartnomalar doirasida ilmiy ishlar, o’qituvchilarning stajirovkasi, stajer-tadqiqotchi-izlanuvchilarni tayyorlashda rahbarlik ishlari, hamkorlikda qo’shma loyihalar va ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda, xalqaro anjumanlar, seminarlar o’tkazilmoqda. Koreya Respublikasining «Shinan foundation» jamg‘armasi, KOICA tashkiloti, Koreya Respublikasi Ta’lim markazi hamda Toshkentdagi Koreys madaniy markazlari assotsiatsiyasi bilan yaxshi aloqa о‘rnatgan. Universitet KOIKA tashkilotining umumiy miqdori 1,5 mln. AQSH doll.ni tashkil etuvchi grant loyihasi tanlovi g‘olibi bо‘ldi. Ushbu grant asosida 2013 yilning oktyabr oyida koreyaliklar universitet uchun zamonaviy elektron kutubxona yaratib berdilar. Xalqaro aloqalar rivojining yana bir yorqin misoli sifatida TDPU qoshida 2009 yildan e’tiboran faoliyat yurgizayotgan “O‘zbekiston-Ozarbayjon” do‘stlik jamiyatini ko‘rsatish mumkin. Jamiyat keyingi vaqtda Ozarbayjon elchixonasi va Toshkentdagi Haydar Aliev nomidagi Madaniyat markazi bilan birgalikda ikki tomonlama aloqalarning mustahkamlanishi borasida qator ishlarni amalga oshirdilar. Shuningdek, oliy ta’lim muassasasiga ta’lim sohasida tajriba almashish maqsadida turli xorijiy delegatsiyalar, chet el oliy o‘quv yurtlari profesor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilar muntazam tashrif buyurib turadilar. Akademik almashuv asosida universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari ham muntazam ravishda chet el universitetlariga o‘qish, malaka oshirish va turli anjumanlarda ishtirok etish uchun yuborilmoqda e-mail: xalqaro@tdpu.uz interdeptspu@mail.ru Tel.: +998 71 276 82 25 fax: +998 71 276 76 51


Bo’lim haqida
Universitetning xorijiy mamlakatlar oliy о‘quv yurtlari va yurtimizda faoliyat kо‘rsatayotgan xorijiy tashkilotlar vakolatxonalari, elchixonalar bilan hamkorlik aloqalari yil sayin rivojlanib bormoqda. Ta’lim tizimini jahon andozalari darajasiga kо‘tarish kunning dolzarb vazifasiga aylangani sababli bu sohani kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

So'nggi yillarda Germaniya, Latviya, Ispaniya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Misr, Rossiya, Qozog'iston va Turkmaniston kabi etakchi Evropa va Osiyo universitetlari bilan hamkorlik o'rnatilgan.

XAB faoliyatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
• Horijiy mamlakatlar o’quv yurtlari, ilm-fan markazlari, halqaro tashkilotlari bilan hamkorlik;
• Horijiy fuqarolarni o’qishga qabul qilish;
• Xalqaro anjumanlar ( uchrashuvlar, seminarlar, konferensiyalar, simpoziumlar, yubiley sanalari) o’tkazish;
• Xalqaro dasturlarda ishirok etish (loyihalar, grantlar, stipendiyalar);
• Nizomiy nomidagi TDPU vakillarini turli yo’nalish bo’yicha xorijga malaka oshirish, umumiy ta’lim tizimi, ustuvor yo’nalishlar bo’yicha zamonaviy ilm-fan yutuqlari bilan tanishish maqsadida safarlarga yuborish;
• Chet ellik o’qituvchilar, mutaxassislarni ma’ruza o’qish, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun taklif etish.


Yuklab olish uchun fayllar

Asosiy vazifalari va funksiyalari
XAB universitet rektorining bevosita rahbarligi ostida quyidagi faoliyatni amalga oshiradi:
- xorijiy mamlakatlardagi oliy о‘quv yurtlari, jamg‘armalar, nodavlat tashkilotlar 6ilan hamkorlik aloqalari о‘rnatish va rivojlantirish;
- chet eldagi oliy о‘quv yurtlari professor-о‘qituvchilarini shartnoma asosida TDPU talabalariga dars berish uchun taklif etish;
- chet ellik talabalarni shartnoma-tо‘lov asosida TDPUga о‘qishga taklif etish;
- TDPU professor-о‘qituvchilarini xorijiy oliy о‘quv yurtlarida malaka oshirishga va talabalarni ilm olish uchun qisqa va uzoq muddatli safarlarga yuborish;
- xorijiy mamlakatlarda о‘tkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va anjumanlarda universitet vakillarining ishtirokini ta’minlash;
- О‘zbekistonda о‘tkaziladigan turli darajadagi ilmiy anjumanlarga, О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda, taniqli xorijiy olimlarni taklif qilish;
- chet eldagi mashhur ilmiy markazlar va turli dasturlar hamda ularning О‘zbekistonda mavjud bо‘lgan vakolatxonalari bilan yaqindan aloqa о‘rnatish va hamkorlik qilish;
- xorijiy mamlakatlarning О‘zbekistondagi elchixonalari va vakolatxonalari bilan dо‘stona aloqalar о‘rnatish;
- TDPU professor-о‘qituvchilari va talabalari safarga borgan xorijiy mamlakatlardagi О‘zbekiston Respublikasi elchixonalari bilan aloqa о‘rnatish.
- universitet professor-о‘qituvchilari va ilmiy tadqiqodchilari (stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilari)ning ilmiy salohiyatini oshirish uchun О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “ISTE’DOD” jamg‘armasi, DAAD, ITEC, MTCP, SIU, TCDC, Erasmus+, SIDA, JICA, KOICA, UNECO kabi va boshqa xalqaro tashkilot va ta’lim fondlari tanlovlarida ishtirokini muvofiqlashtiradi
XAB о‘z faoliyatini rektor nazorati va boshchiligi asosida olib boradi.

Xalqaro aloqalar bo’limi universitet 2 o`quv binosining 2-qavati, 10 xonada joylashgan.

e-mail: xalqaro@tdpu.uz
interdeptspu@mail.ru


Tel.: +998 71 276 82 25
fax: +998 71 276 76 51