Xodimlar bo`limi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti 1935 yilda tashkil etilgan bо‘lib, 1998 yilda Toshkent davlat pedagogika universiteti maqomi berilgan. Universitet tashkil topganidan buyon xodimlar bо‘limi faoliyat kо‘rsatib kelmoqda.

Xodimlar bо‘limi universitetning mustaqil tarkibiy qismi hisoblanib, О‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuniga, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ga, “Oliy ta’lim tо‘g‘risida”gi Nizom, universitet ustavi, mehnat qonunchiligi bо‘yicha meyoriy-huquqiy hujjatlar, rektor buyruqlari va kо‘rsatmalari hamda о‘z Nizomiga amal qilgan holda faoliyat yuritadi. Bо‘lim negizida “Professor-о‘qituvchilar bilan ishlash”, “Ma’muriy xodimlar bilan ishlash”, “Talabalar bilan ishlash”, “Diplom-sertifikatlar berish” sektorlari faoliyat yuritib kelmoqda. Bо‘lim bevosita universitet rektoriga bо‘ysunadi va unga rektor tomonidan tayinlanadigan bо‘lim boshlig‘i rahbarlik qiladi. Hozirgi kunda xodimlar bо‘limiga Gulyamov Djaxangir Raxmatullayevich rahbarlik qilmoqda. Bundan tashqari bо‘limda katta inspektorlar Qodirov Maxmudjon Muxammadjonovich, Djurayeva Fotima Matvaliyevna, Yoqubov Akmal Foziljonovich, Almatova Nasiba Rahmatovna, inspektorlar Asamova Muxtaram Muxitdin qizi, Aripova Gulchehra Mairzaxamidovna, Mamadaliyeva Guli Sharipovna, Karimova Sevara Abdullayevna, Zohidova Mohira Abduqaxxor qizi, о‘z mehnat faoliyatlarini olib bormoqdalar. “Professor-о‘qituvchilar bilan ishlash” sektori. Bugungi kunda universitetda 10 ta fakultet, 1 ta magistratura bo‘limi mavjud bо‘lib, ular tarkibida 48 ta kafedra faoliyat kо‘rsatmoqda. Ushbu kafedralardagi professor-о‘qituvchilarning jami soni 629 nafarni tashkil etib, shulardan 26 nafari fan doktorlari va professorlar, 194 nafari fan nomzodlari va dotsentlar, 131 nafari katta о‘qituvchilar hamda 278 nafari о‘qituvchilardir. Sektorda yuqorida qayd etilgan professor-о‘qituvchilarning barchasiga xizmat kо‘rsatib, ularning hujjatlarini rasmiylashtirish bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari sektor quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: - Professor-о‘qituvchilarning mehnatga oid munosabatlar bilan bog‘liq (ishga qabul qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish, lavozimdan lavozimga о‘tkazish, mehnat ta’tili berish va boshqalar) meyoriy hujjatlari (rektor buyruqlari, farmoyishlari va h.k.) ni hamda ularga tegishli shaxsiy hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish; - professor-о‘qituvchilar va universitet rektori о‘rtasidagi mehnatga oid munosabatlarda о‘zgarish bо‘lgan taqdirda (ishga qabul qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish, shartnoma muddatini uzaytirish, lavozimdan lavozimga yoki boshqa ishga о‘tkazish va h.k.) tegishli buyruqlarga asosan mehnat daftarchalariga о‘zgartirishlar kiritish; - universitet nomenklaturasiga kiruvchi rahbar xodimlar zaxirasini shakllantirish va undan foydalanish borasida takliflar berish; - kafedralardagi mavjud bо‘sh (vakant) lavozimlarga ishga kirishni xohlagan nomzodlar uchun belgilangan tartibda matbuot orqali tanlov e’lon qilish; - pensiya yoshiga yetgan professor-о‘qituvchilarning qonun hujjatlariga muvofiq pensiyaga chiqishi uchun zarur hujjatlarini rasmiylashtirishga kо‘maklashish; - universitet professor-о‘qituvchilari, fakultet dekanlari va dekan muovinlarining Davlat attestatsiyasini tashkil etishda kо‘maklashish; - universitet professor-о‘qituvchilarini vazirlik va tarmoq mukofotlari bilan taqdirlash ishlarini tashkil etish; - universitet rektoriga professor-о‘qituvchilar tarkibi, ularning mehnat intizomi, ta’lim berish sifatini yaxshilash hamda ular qо‘nimsizligining oldini olish yuzasidan takliflar tayyorlash va taqdim etish; - professor-о‘qituvchilarning mehnatga oid munosabatlar bilan bog‘liq (ishga qabul qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish, lavozimdan lavozimga о‘tkazish, mehnat ta’tili berish va boshqalar) meyoriy hujjatlari va shaxsiy hujjatlarini belgilangan tartibda saqlash; - xodimlar bо‘limida saqlanayotgan professor-о‘qituvchilarga oid barcha meyoriy va shaxsiy hujjatlarni о‘rnatilgan tartibda dalolatnoma tuzish orqali universitet arxiviga topshirish. “Ma’muriy xodimlar bilan ishlash” sektori. Universitetda О‘quv-uslubiy boshqarma, Fan va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bо‘limi, Ichki nazorat va monitoring bо‘limi, Birinchi bо‘lim, Ikkinchi bо‘lim, Ta’minot bо‘limi, Ma’naviyat va ma’rifat bо‘limi, Xodimlar bо‘limi, Reja-moliya bо‘limi, Tahrir va nashr bо‘limi, О‘quv ta’lim zahiralarini joriy etish va dasturiy ta’minot bо‘limi, Texnik foydalanish va xо‘jalik bо‘limi, Xalqaro aloqalar bо‘limi, Marketing bо‘limi, Magistratura bо‘limlari mavjud. Bundan tashqari О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari xodimlarining malakasini oshirish, axborot-resurs markazlari va buxgalteriya faoliyat kо‘rsatayotgan bо‘lib, ularda mehnat qilayotgan xodimlar soni 650 nafarni tashkil etadi. Sektor yuqoridagi bо‘limlarda ishlayotgan xodimlarning hujjatlarini rasmiylashtirish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, u quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: - Ma’muriy-xodimlarning mehnatga oid munosabatlar bilan bog‘liq (ishga qabul qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish, lavozimdan lavozimga о‘tkazish, mehnat ta’tili berish va boshqalar) meyoriy hujjatlari (rektor buyruqlari, farmoyishlari va h.k.)ni hamda ularga tegishli shaxsiy hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish; - Ma’muriy-xodimlar va universitet rektori о‘rtasidagi mehnatga oid munosabatlarda о‘zgarish bо‘lgan taqdirda (ishga qabul qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish, shartnoma muddatini uzaytirish, lavozimdan lavozimga yoki boshqa ishga о‘tkazish va h.k.) tegishli buyruqlarga asosan mehnat daftarchalariga о‘zgartirishlar kiritish; - Bо‘limlar va universitet binolaridagi shtatlar soni, ma’muriy-xodimlarning ish sifati, о‘z vazifasiga bо‘lgan mas’uliyatini muntazam о‘rganib borish; - Universitet nomenklaturasiga kiruvchi xodimlar zaxirasini shakllantirish va undan foydalanish borasida takliflar berish; - Pensiya yoshiga yetgan ma’muriy-xodimlarning qonun hujjatlariga muvofiq pensiyaga chiqishi uchun zarur hujjatlarini rasmiylashtirishga kо‘maklashish; - Universitet ma’muriy-xodimlarni vazirlik va tarmoq mukofotlari bilan taqdirlash ishlarini tashkil etish; - Universitet rektoriga ma’muriy-xodimlar tarkibi, ularning mehnat intizomi, ish sifatini yaxshilash yuzasidan takliflar tayyorlash va taqdim etish; - Ma’muriy-xodimlarning mehnatga oid munosabatlar bilan bog‘liq (ishga qabul qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish, lavozimdan lavozimga о‘tkazish, mehnat ta’tili berish va boshqalar) meyoriy hujjatlari va shaxsiy hujjatlarini belgilangan tartibda saqlash; - Xodimlar bо‘limida saqlanayotgan ma’muriy-xodimlarga oid barcha meyoriy va shaxsiy hujjatlarni о‘rnatilgan tartibda dalolatnoma tuzish orqali universitet arxiviga topshirish. “Talabalar bilan ishlash” sektori. Hozirgi kunda universitetda 2015 yil sentyabr holatiga kо‘ra, bakalavriatura bosqichida 7100 nafar, magistratura bosqichida 203 nafar, ikkinchi mutaxassislik asosida esa 34 nafar talabalar tahsil olishmoqda. Sektor ushbu talabalarning hujjatlarini rasmiylashtirish bо‘yicha quyidagi vazifalarni amalga oshirib kelmoqda: - Talabalarga oid buyruqlarning loyihalarini hamda ularning shaxsiy hujjatlarini rasmiylashtirish; - 2015/2016 о‘quv yilida talabalar safiga qabul qilingan abituriyentlarning shaxsiy hujjatlarini belgilangan tartibda qabul qilib olish hamda saqlash; - 2015/2016 о‘quv yili yakuni bо‘yicha universitetning bakalavr va magistratura talabalari kontingenti bо‘yicha ma’lumotnoma tayyorlash; - 2015/2016 о‘quv yilida tegishli buyruq asosida talabalar safiga qabul qilingan abituriyentlarning reyting daftarchalari va talabalik guvohnomalari raqamlarini berish; - Boshqa oliy о‘quv yurtiga о‘qishi kо‘chirilgan yoki universitetdan chetlashtirilgan talabalarning hujjatlarini rasmiylashtirish (akademik ma’lumotnomalar va h.k.) va ularga taqdim etish; - Rasmiylashtirib berilgan akademik ma’lumotnomalar hisobotini yuritish; - Turli davlat organlari, korxona, muassasa va tashkilotlardan kelgan sо‘rovnomalarga javob xatlari tayyorlash va jо‘natish; - Talabalikka qabul qilingunga qadar ochilgan bakalavr va magistratura talabalarining mehnat daftarchalariga universitetda tahsil olganligi tо‘g‘risida tegishli yozuvlar kiritish; - 2015/2016 о‘quv yili bakalavr va magistratura talabalariga shaxsiy hujjatlarida saqlanayotgan shaxodatnoma yoki diplomlar (ularning ilovalari)ni belgilangan tartibda taqdim etish; - Xodimlar bо‘limida saqlanayotgan talabalarga oid barcha hujjatlarni о‘rnatilgan tartibda 10 yil davomida saqlash hamda dalolatnoma tuzish orqali universitet arxiviga topshirish. “Diplom-sertifikatlarni berish” sektori. Universitetni har yili 2138 dan ortiq bakalavrlar, 170 dan ortiq magistrlar bitirib, о‘z ta’lim yо‘nalishlari va mutaxassisliklari bо‘yicha diplomlarga ega bо‘lmoqdalar. Bundan tashqari universitet qoshida tashkil etilgan markazlarda minglab oliy ta’lim tizimida, shuningdek о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hamda xalq ta’limi tizimida faoliyat kо‘rsatayotgan pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash kurslarida tahsil olib, imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan о‘qituvchilarning sertifikatlarini о‘z vaqtida rasmiylashtirib tarqatish ishlarini izchillik bilan yо‘lga qо‘yishda ushbu shо‘baning xizmatlari katta bо‘lmoqda. Sektor quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: - Universitetdagi malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarining diplomlari va sertifikatlarini yozish va tarqatish; - Bitiruvchi talabalarga berilgan diplomlar va sertifikatlarning haqiqiyligini tasdiqlash hamda bitiruvchilarga oid boshqa ma’lumotlarga aniqlik kiritish yuzasidan turli davlat organlari, korxona, muassasa va tashkilotlardan kelgan sо‘rovnomalarga javob xatlari tayyorlash va jо‘natish; - Bitiruvchilar tomonidan yо‘qotib qо‘yilgan yoki yaroqsiz holga keltirilgan diplom (ularning ilovalari) va sertifikatlarning dublikatlarini rektor buyruqlari asosida rasmiylashtirib berish; - Bitiruvchi talabalar tomonidan olib ketilmagan diplomlar (ularning ilovalari) va sertifikatlarni о‘rnatilgan tartibda saqlash; - 2015/2016 о‘quv yili bitiruvchi bakalavr va magistratura talabalariga rasmiylashtirib berilishi lozim bо‘lgan diplomlar (ularning ilovalari) blanklarini О‘zR Oliy va о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazidan olib kelish; - Bitiruvchi bakalavr va magistratura talabalarining diplomlari (ularning ilovalari) ni kolligraf mutaxassislarni jalb etgan holda rasmiylashtirish va tarqatish; - 2015/2016 о‘quv yili yakuniga kо‘ra, bitiruvchi talabalarga rasmiylashtirib berilgan diplomlar (ularning ilovalari) blanklari, universitet xodimlar bо‘limida saqlanayotgan qoldiq blanklar haqida hisobot tayyorlash hamda uni kelgusi yil bitiruvchilari uchun buyurtma bilan birgalikda О‘zR Oliy va о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markaziga taqdim etish; - Rasmiylashtirish jarayonida buzilgan diplom blanklarini dalolatnoma tuzish orqali rо‘yxatdan chiqarish va yо‘q qilish. Tel: 255-68-70, 255-50-79 Elektron pochta: m.m.qodirov@mail.ru


Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti 1935 yil 14 sentyabrda O‘zbekiston Xalq maorifi komissarligining 1364-sonli qarori asosida O‘rta Osiyo davlat universitetining pedagogika fakulteti negizida tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 24 fevraldagi 77-sonli qarori asosida “universitet” maqomi berilgan. Universitet tashkil topganidan buyon xodimlar bo‘limi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Xodimlar bo‘limi universitetning mustaqil tarkibiy qismi hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ga, “Oliy ta’lim to‘g‘risida”gi Nizom, universitet ustavi, mehnat qonunchiligi bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar, rektor buyruqlari va ko‘rsatmalari hamda o‘z Nizomiga amal qilgan holda faoliyat yuritadi.
Bo‘lim negizida “Professor-o‘qituvchilar bilan ishlash”, “Ma’muriy-xo‘jalik va o‘quv yordamchi xodimlar bilan ishlash”, “Talabalar bilan ishlash”, “Diplom va sertifikatlar rasmiylashtirish” sektorlari faoliyat yuritib kelmoqda.
Bo‘lim bevosita universitet rektoriga bo‘ysunadi va unga rektor tomonidan tayinlanadigan bo‘lim boshlig‘i rahbarlik qiladi. Hozirgi kunda xodimlar bo‘limiga Mirsamikova Rano Ismailjanovna rahbarlik qilmoqda.

Professor-o’qituvchilar hamda ma’muriy-xodimlar bilan universitet rektori o’rtasida tuziladigan mehnat shartnomalari, mehnat munosabatlariga oid buyruq loyihalarini, mehnat daftarchalarini rasmiylashtirish;
Universitet professor-o’qituvchilari, ma’muriy-xo’jalik va o’quv yordamchi xodimlari tarkibini shakllantirish, ularni ishga qabul qilish, boshqa lavozimga o’tkazish, mehnat shartnomasini bekor qilish va boshqalar yuzasidan universitet rahbariyatiga takliflar taqdim etish;
Professor-o’qituvchilar va xodimlar qo’nimsizligining oldini olish, xodimlar tarkibini sifat jihatdan yaxshilash, zamonaviy talablarga mos kadrlarni shakllantirish hamda ular xizmatidan oqilona foydalanish borasida universitet rahbariyatiga takliflar tayyorlash:
Universitet rahbar xodimlari, professor-o’qituvchilari va xodimlarining Davlat attestatsiyasini tashkil etishda ko’maklashish;
Vazirlik va universitet nomenklaturasiga kiruvchi xodimlar zahirasini shakllantiris’h va undan foydalanish borasida takliflar beris’h;
Davlat mukofotlariga tavsiya etilgan universitet professor-o’qituvchilari va xodimlarining hujjatlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish va vazirlikka topshirish;
Universitet professor-o’qituvchilari va xodimlarining vazirlik va tarmoq mukofotlari bilan taqdirlash ishlarini tashkil etish;
Pensiya yoshiga yetgan professor-o’qituvchilar va xodimlarning pensiyaga oid hujjatlarini rasmiylas’htiris’h;
Universitet kafedralaridagi bo’sh (vakant) o’rinlarga professor-o’qituvchilarni ishga qabul qilish uchun matbuot orqali tanlov e’lon qilish;
Bakalavriat va magistratura bosqichlari o’quv rejasida ko’rsatilgan barcha fanlarni o’zlashtirgan, Davlat attestatsiyalarini muvaffaqiyatli topshirgan talabalarga davlat namunasidagi diplomlar va ularning ilovalarini rasmiylashtirib berish va tarqatish;
Universitet qoshidagi kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash hamda malaka oshirish kurslarini tamomlagan shaxslarga diplom va sertifikatlar rasmiylashtirib berish va tarqatish;
Bakalavriat va magistratura talabalari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar safiga qabul qilingan shaxslarning hujjatlarini belgilangan tartibda qabul komissiyasidan qabul qilib oladi va universitet arxiviga topshirilguniga qadar 10 yil davomida saqlaydi;
Boshqa oliy o’quv yurtiga o’qis’hi ko’chirilgan yoki universitetdan chetlashtirilgan talabalarning hujjatlarini rasmiylas’htiris’h (akademik ma’lumotnomalar va h.k.) va ularga taqdim etish hamda ularning hisobotini yuritish;
Professor-o’qituvchilar va xodimlarga oid hamda bitiruvchi talabalarga berilgan diplomlar va sertifikatlarning haqiqiyligini tasdiqlash hamda bitiruvchilarga oid boshqa ma’lumotlarga aniqlik kiritish yuzasidan turli davlat organlari, korxona, muassasa va tashkilotlardan kelgan so’rovnomalarga javob xatlari tayyorlash va jo’natish;
Bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplomlar va sertifikatlar rasmiylas’htirib berilganligi yuzasidan axborot-tahliliy ma’lumotlar bankini yaratish;
Bitiruvchilar tomonidan yo’qotib qo’yilgan yoki yaroqsiz holga keltirilgan diplom (ularning ilovalari) va sertifikatlarning dublikatlarini rasmiylashtirib berish;
Bitiruvchi talabalarga rasmiylashtirib berilgan diplomlar (ularning ilovalari) blanklari to’g‘risida bo’limda saqlanayotgan qoldiq blanklar hisobotini yuritish;
Universitet veb-saytining “Interaktiv xizmatlar” ruknidagi “Vakant lavozimlar” va “Diplom olganlik to’g‘risida ma’lumot” qismlariga muntazam ravishda yangi ma’lumotlar kiritib borish;
O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Toshkent shahar bos’hqarmasiga qarashli Bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilis’h markaziga bo’s’h (vakant) ish o’rinlari to’g‘risida hisobot berib borish.

Xodimlar bo‘limi (bundan keyingi o‘rinlarda – bo‘lim deb yuritiladi) Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining mustaqil tarkibiy qismi hisoblanib, bevosita universitet rektoriga bo‘ysunadi.
Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, “Oliy ta’lim to‘g‘risida”gi Nizom, universitet Ustavi hamda mehnat qonunchiligi bo‘yicha me’yoriy huquqiy hujjatlarga, universitet rektori buyruqlari va ko‘rsatmalariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
Bo‘lim negizida “Professor-o‘qituvchilar bilan ishlash”, “Ma’muriy-xodimlar bilan ishlash”, “Talabalar bilan ishlash”, “Diplom va sertifikatlar rasmiylashtirish” sektor"lari faoliyat ko‘rsatadi.

Bo‘limning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
Bo‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
Bo‘lim maqsadidan kelib chiqib ta’lim muassasasida mutasaddi bo‘lgan bo‘g‘inlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, rektor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo‘limlarda bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish.