Muslimov Narzulla Alixanovich

Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish тarmoq markazi direktori
pedagogika fanlari doktori,professor


Muslimov Narzulla Alixanovich 1961 yil 29 martda tug‘ilgan, millati o‘zbek. U 1982 yilda Nizomiy nomidagi TDPIni umumtexnika fanlari va mexnat o‘qituvchisi mutaxassisligini tamomlagan. 13.00.08 – kasb hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha mutaxassis. Bilim sohasi: Pedagogika. Doktorlik dissertatsiya mavzusi: "Kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy shakllantirishning nazariy-metodik asoslari". Doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan vaqti: 2007 y.


Muslimov Narzulla Alixanovich 1961 yil Chimkent viloyati,Turkiston tumani Eski Iqon qishlog‘ida xizmatchi oilasida dunyoga kelgan. 1968-1978 yillarda Eski Iqon qishlog‘idagi Axmad Yassaviy nomidagi umumiy o‘rta ta’lim maktabini tugatgan.
1978 yilda Nizomiy nomidagi TDPI Industrial pedagogika fakultetini “Umumtexnika fanlari va mehnat o‘qituvchisi” ixtisosligiga o‘qishga kirib, uni 1982 yili o‘qishni tugatgan. 1984-1987 yillarda laborant, katta laborant, kichik ilmiy hodim, katta ilmiy hodim lavozimlarida ishlab kelgan. 1987-1988 yillarda Nizomiy nomidagi TDPI “Mehnat ta’lim metodikasi” kafedrasida o‘qituvchisi va industrial-pedagogika fakultetida tarbiyaviy ishlar bo‘yicha dekan muovini lavozimida faoliyat olib borgan. 1988-1991 yillarda Moskva shahridagi Pedagogika fanlari akademiyasiga qarashli “Mehnat ta’limi va kasb tanlashga yo‘llash” ilmiy tadqiqot instituti kunduzgi bo‘limiga aspiranturaga o‘qishga kirib, 1991 yil sentyabr oyida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1991 yildan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining “Industrial pedagogika” fakulteti “Mehnat ta’limi metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi, 1992-1997 yillarda “Ishlab chiqarish asoslari” kafedrasi mudiri, 1997-2008 yillar Kasb ta’limi fakulteti dekani lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2008-2009 yillar Toshkent davlat pedagogika universitetining magistratura bo‘limi boshlig‘i, 2010-2012 yillar universitet ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori hamda 2012 yil oktyabr oyidan TDPU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi direktori vazifasini o‘tab kelmoqda.
“Ustoz” jamg‘armasi yo‘llanmasi bilan 1998 yil Nyu-York shahrida AQSh ta’lim tizimi bo‘yicha, 2001 yilda “Ustoz” jamg‘armasida Kanada ta’lim tizimi bo‘yicha 1 oylik malaka oshirishda bo‘lgan. Yevropa ittifoqi “Tempus” dasturi doirasidagi grantlar ishtirokchisi sifatida Fransiya, Gollandiya, Kanada, Ispaniya, Belgiya va Germaniyaning bir qator universitetlarida o‘z malakasini oshirgan.
2013 yil fevral-iyun oylarida 4 oylik O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruv akademiyasining boshqaruv kadrlarni qayta tayyorlash fakulteti “Davlat boshqaruv” yo‘nalishini muvaffaqiyatli tamomladi.
2007 yil “Kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy shakllantirishni nazariy-metodik asoslari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Uning muallifligida 200 dan ortiq ilmiy-nazariy va ilmiy-metodik maqolalar, monografiya, metodik qo‘llanma va o‘quv qo‘llanmalar chop ettirgan. Uning rahbarligida 1 nafar fan doktorligi, 5 nafar fan nomzodligi, 2 nafar pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 30 dan ortiq talabalar magistrlik dissertatsiyalarini muvofaqqiyatli himoya qilganlar. 2009-2012 yillarda jamoatchilik asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAKning pedagogika-psixologiya yo‘nalishi ekspert kengashi a’zosi, dissertatsiyalarni himoya qilish bo‘yicha K.067.18.01-ixtisoslik kengashi raisi sifatida faoliyat olib borgan.
2006 yili Respublikamiz mustaqilligini mustahkamlash hamda yetuk mutaxassis kadrlar tayyorlash sohasidagi xizmatlarim uchun “Mustaqillikka 15 yil” hamda 2011yilda “Xalq talimi a’lochisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan. Oilali, 3 nafar farzandning otasi.




Certificates