Аnorkulova Gulnoza Mirzaxmatovna

Kafedra mudiri
Pedagogika fanlari nomzodi, dots.


Anorkulova Gulnoza Mirzaxmatovna 1966-yilda Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida xizmatchi oilasida tugilgan. 1983-yilda maktabni oltin medalga tamomlab Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini melioratsiyalash injenerlari institutiga o‘qishga kirdi. 1989-yilda O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutiga kunduzgi aspiranturaga o‘qishga kirdi. 1992-yilda aspiranturani tamomladi va “Ishlab chiqarish pedagogikasi” ilmiy tadqiqot institutiga ilmiy xodim bo‘lib ishga kirdi. 2016-yil fevral oyidan Nizomiy nomidagi TDPUga "Kasb ta’limi metodikasi" kafedrasiga kafedra mudiri lavozimiga o‘tdi va hozirgacha shu lavozimda faoliyat yuritmoqda.


Anorkulova Gulnoza Mirzaxmatovna 1966-yilda Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida xizmatchi oilasida tugilgan. 1983-yilda maktabni oltin medalga tamomlab Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini melioratsiyalash injenerlari institutiga o‘qishga kirdi. 1988-yili institutni imtiyozli diplom bilan tugallab, mehnat faoliyatini Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani Halqobod posyolkasida joylashgan 14-hunar bilim yurtida maxsus fan o‘qituvchisi lavozimida boshladi. 1989-yilda O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutiga kunduzgi aspiranturaga o‘qishga kirdi. 1992-yilda aspiranturani tamomladi va “Ishlab chiqarish pedagogikasi” ilmiy tadqiqot institutiga ilmiy xodim bo‘lib ishga kirdi. 2010-yilgacha ilmiy xodim, institut ilmiy kotibi va "Amaliy kasbiy ta’lim" kafedrasida kafedra mudiri lavozimlarida ishladi. 2003-yilda "Научно-методические основи подготовки младших спетсиалистов для селского хозяйства" (нa примере подготовки фермеров-растениеводов) mavzusidagi 13.00.08-kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsisini himoya qildi, 2005-yilda aynan shu ixtisoslik bo‘yicha "Dotsent" attestati OAK tomonidan berildi. 2010- yilda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutiga "Pedagogika, psixologiya va o‘qitish metodikasi" kafedrasiga dotsent lavozimiga o‘tdi va 2016-yilgacha ishladi. 2016-yil fevral oyidan Nizomiy nomidagi TDPUga "Kasb ta’limi metodikasi" kafedrasiga kafedra mudiri lavozimiga o‘tdi va hozirgacha shu lavozimda faoliyat yuritmoqda. O‘z ilmiy tadqiqot faoliyati davomida 60dan ortiq ilmiy maqolalar respublika va xorijiy jurnallarda, ilmiy maqolalar chop etildi, 70dan ziyod xalqaro va respublika miqyosida tashkil etilgan konferensiyalarda tezislar bilan chiqishlar qilgan, 20ga yaqin o‘quv -uslubiy qo‘llanmalar chop ettirgan. O‘zining pedagogik faoliyati davrida 2004-yilda Germaniyada tashkil etilgan "O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limida ayollar" mavzusida “Islom dialogi” konferensiyasida respublika o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimi ayollari nomidan qatnashdi, 2008-yilda Oliy va o‘rta maxsus Ta’lim Vazirligi tomonidan "Kasb ta’limi a’lochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Bugungi kunda magistrlarga ilmiy rahbarlik qilib kelmoqda. TDPU qoshidagi Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish markazida respublika oliygohlaridan kelgan professor-o‘qituvchilarga tizimdagi yangiliklar va ilg‘or tajribalarni ommalashtirishda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqda.




Certificates