Ro'ziyeva Dilnoz Isomdjonovna

Umumiy pedagogika kafedrasi mudiri
Pedagogika fanlari doktori, professor


Ro‘ziyeva Dilnoz Isomjonovna Pedagogika fanlari doktori, professor Umumiy pedagogika kafedrasi mudiri


Ro‘ziyeva Dilnoz Isomjonovna, 1968-yilning 24-mayida Buxoro viloyatining Kogon shahrida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. 1975-yil Qorako‘l rayon 1- son o‘rta maktabning 1- sinfiga o‘qishga borgan. 1986-yil Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika instituti Navoiy filialining rus tili va adabiyoti fakultetiga o‘qishga kirib, 3-kursdan o‘qishni Rossiya davlatining Belgorod pedagogika institutida davom ettirgan. 4-kursda o‘qishdagi yutuqlari uchun Polshaning Opole pedagogika institutida stajirovka o‘tab qaytgan. 1991-yil institutni imtiyozli diplom bilan tugatib, 1991-yil sentabridan Navoiy pedagogika institutining rus tili o‘qitish metodikasi kafedrasiga o‘qituvchi lavozimiga ishga qabul qilingan. 1991-yilning dekabridan T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITIning aspiranturasiga o‘qishga kirib, 1995-yil iyun oyida professor V.I.Andriyanova rahbarligida 13.00.02 - xorijiy tillarni o‘qitish nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbek maktablari 7-9-sinf o‘quvchilarining ruscha nutqini o‘stirishda tabaqalashgan yondashuvdan foydalanish (vaqtni ifodalovchi so‘zlar misolida)” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqlagan. 1994-yil sentabridan Buxoro davlat universitetining “Jahon adabiyoti” kafedrasining o‘qituvchisi, 1997-yildan rus tili va adabiyoti o‘qitish metodikasi ixtisosligi bo‘yicha dotsent lavozimida ishlagan. 2000-yilning yanvar oyida Nizomiy nomidagi TDPU doktoranturasiga o‘qishga kirgan. 2006-yil avgustidan O‘zDJTUning “Pedagogika va psixologiya” kafedrasiga dotsent lavozimiga ishga qabul qilingan. 2007-yil 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi va tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Oliy ta’lim muassasalari talabalarida milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirishning ilmiy pedagogik asoslari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. “Обучение языкам в школах Узбекистана на соврименном этапе” (metodik ocherklar), “Индивидуализация и дифференсация обучении” (o‘quv qo‘llanma), ”Talabalarda milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirish” (monografiya), Pedagogika (nopedagogik oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun darslik), Ijtimoiy pedagogika (qayta tayyorlash va malaka)“Interfaol metodlar: mohiyati va qo‘llanilishi” metodik qo‘llanma, “Oliy maktab pedagogikasi va psixologiyasi” modulidan pedagogik qayta tayyorlash va malakasini oshirish tinglovchilari uchun metodik qo‘llanma, “Формирование чувства национальной гордости у студентов” (Moskva, ilmiy maqola), “Ijtimoiy pedagogika”(pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari tinglovchilari uchun), Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat bo‘yicha barcha yo‘nalish magistrlari uchun o‘quv qo‘llanma, shuningdek, 100dan ortiq ilmiy maqolalar xorijiy va respublika miqyosidagi jurnal, konferensiya materiallarida e’lon qilingan. Chexiya va Rossiya hamkorligida faoliyat olib borayotgan “Sotsiosfera” ilmiy hamjamiyatida xalqaro ekspert. 2017-yil 1-30-noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Belgorod davlat universitetida 144 soatlik malaka oshirish kurslarida o‘qib, xalqaro diplom sohibi bo‘ldi. Oilali. Uchta farzandi bor.




Certificates