Iskandarov Aybek Yuldashevich

Кafedra mudiri
dotsent


Kimyo va uni o‘qitish mеtodikasi kafеdrasining mudiri, dotsent


Iskandarov Aybek Yuldashevich 1974- yil 1-fevralda Xorazm viloyati Xazorasp tumanida ziyoli oilada tug`ilgan. Millati – o`zbek.
1991-1995-yillar davomida Nizomiy nomidagi TDPI (hozirgi TDPU)ning Tabiiy fanlar fakultetining Kimyo yo`nalishinida ta’lim olgan va institutni imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 1995-1998-yillarda T.N.Qori Niyoziy nomidagi O’zPFITIning aspirantura bo’limida o’qidi. 1999-2000-yillarda Toshkent shahridagi 73-o`rta maktabda kimyo o`qituvchisi lavozimida faoliyat ko`rsatdi.
Iskandarov Aybek Yuldashevich Nizomiy nomidagi TDPUda 2000-yildan beri ishlab kelmoqda. U Kimyo yo`nalishi talabalari bilan “Kimyo o’qitish metodikasi”, “Kimyodan masalalar yechish metodikasi”, “Kimyodan eksperimentlar o`tkazish metodikasi”, “Kimyoni kasbga yo`naltirib o`qitish metodikasi” kabi fanlardan ma’ruza, laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarni olib bordi. Mashg’ulotlar vaqtida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda talabalarga mavzularni bayon qilishga harakat qiladi. U kafedrada bakalavriat talabalari uchun ishlab “Kimyo o`qitish metodikasi”, “Kimyodan masalalar yechish metodikasi”, “Kimyodan eksperimentlar o`tkazish metodikasi”, “Kimyoni kasbga yo`naltirib o`qitish metodikasi” kabi fanlardan yaratilgan o`quv-majmualar muallifi hisoblanadi.
O`tkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanlarda turli ma’ruzalar bilan ishtirok etib kelmoqda. 20 dan ortiq tezis va ilmiy maqolalar va 5ta metodik qo`llanma, 4ta o`quv qo`llanma, 1ta darslik (yakka mualliflikda) muallifi.
Iskandarov Aybek Yuldashevich universitetdagi faoliyati bilan bir qatorda ta’lim muassasalari ilmiy, o’quv-uslubiy faoliyatlarini takomillashtirishda ham o’z hissasini qo`shib kelmoqda. U mahoratli pedagog, o`z sohasining malakali mutaxassisi sifatida Respublikada olib borilayotgan ta’lim jarayonlarida bevosita ishtirok etib kelmoqda. Xususan, umumiy o`rta ta’lim maktablarining 7,8,9,10-sinf Kimyo darsliklari uchun xulosalar bergan. 2013-yil 24-30-aprel kunlari respublikamizda o`tkazilgan Xalqaro 47-D.I.Mendeleev Olimpiadasida hay’at a’zosi sifatida ishtirok etdi.
A.Yu.Iskandarov 2003-2016-yillarda “Kimyo o’qitish metodikasi” kafedrasida katta o`qituvchi lavozimda faoliyat ko`rsatib keldi. 2017-yildan shu kafedrada dotsent vazifasini bajaruvchi lavozimida, 2018-yildan kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelmoqda. U kafedrada shu yillarda kimyo yo`nalishi va mutaxassisligi uchun yaratilgan qator kimyo fanlari dasturlari,ishchi fan dasturlari va O`UMlar muallifidir. Respublikada kimyo ta’limida bo`layotgan barcha jarayonlarda bevosita ishtirok etib, bugungi kunda Respublika ta’lim markazida kimyo fanidan tuzilgan kommissiyaning a’zosi sifatida ham faoliyat olib bormoqda.Universitetetdagi Malaka oshirish va qayta tayyorlash faqultetida 2006-yildan beri akademik litsey va kasb-hunar kollejning kimyo o`qituvchilarining tinglovchilariga kimyo o`qitish metodikasi fanidan dars berib kelmoqda. TDPU huzuridagi maktabgacha,umumiy o`rta hamda maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi yo’nalishi tinglovchilariga “Kimyo o`qitish metodikasi” o`quv moduli bo`yicha mashg`ulotlar olib boradi hamda shu modul bo`yicha xorijiy adabiyotlar asosida yaratilgan o`quv va ishchi dasturlar, o`quv uslubiy majmua muallifi bo`lib hisoblanadi.
A.Yu.Iskandarov 2017-yil “O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi A’lochisi” nishoni bilan mukofotlandi (Buyruq 2-M,25.09.2017y,№35237).




Certificates