AKMALOV ABBOS AKRAMOVICH

Kafedra mudiri
Pedagogika fanlari nomzodi


Akmalov Abbos Akramovich 2000-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining fizika-matematika fakultetini imtiyozli diplom bilan o‘qishni tugatib, 2000-2002-yillarda mazkur universitetning magistraturasida tahsil olgan. 2002-2005-yillar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining aspiranturasida tahsil olgan. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Matematika va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasida 2005-2007-yillarda kafedrada o‘qituvchi, 2007-2009-yillarda katta o‘qituvchi, 2009-2011-yilgacha Fizika-matematika fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini, 2009-2010-yillarda matematika va uni o‘qitish metodikasi kafedrasida dotsent vazifasini bajaruvchi lavozimida,2010-2014-yillarda matematika va uni o‘qitish metodikasi kafedrasida katta o‘qituvchi, 2014-2017-yillarda Toshkent kimyo-texnologiyalar instituti qoshidagi akademik litseyda direktor lavozimida, 2017-yilda Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida o‘quv ishlar bo‘yicha prorektor, 2018-yilda Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazda o‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, 2018-yilning sentabr oyidan boshlab hozirgi kungacha matematika va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri v.b. lavozimida ishlab kelmoqda.


Akmalov Abbos Akramovich 2000-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining fizika-matematika fakultetini imtiyozli diplom bilan o‘qishni tugatib, 2000-2002-yillarda mazkur universitetning magistraturasida tahsil olgan.
2002-2005-yillar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining aspiranturasida tahsil olgan. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Matematika va uni o‘qitish metodikasi kafedrasida 2005-2007-yillarda kafedrada o‘qituvchi, 2007-2009-yillarda katta o‘qituvchi, 2009-2011-yilgacha Fizika-matematika fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini, 2009-2010-yillarda Matematika va uni o‘qitish metodikasi kafedrasida dotsent vazifasini bajaruvchi lavozimida,2010-2014- yillarda matematika va uni o‘qitish metodikasi kafedrasida katta o‘qituvchi, 2014-2017-yillarda Toshkent kimyo-texnologiyalar instituti qoshidagi akademik litseyda direktor lavozimida, 2017-yilda Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida o‘quv ishlar bo‘yicha prorektor, 2018-yilda Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazda o‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, 2018-yilning sentabr oyidan boshlab hozirgi kungacha matematika va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri v.b. lavozimida ishlab kelmoqda.
Universitetdagi faoliyati jarayonida A.A.Akmalov Matematika o‘qitish metodikasi hamda Matematika tarixi fanlarining muhim va dolzarb masalalari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bordi.
A.A.Akmalov o‘zining ilmiy izlanishlari natijasida 2009-yil 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha fan nomzodligi dissertatsiyasini himoya qilib, u pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi.
A.A.Akmalov respublika va universitetda o‘qitish muammolariga bag‘ishlangan ilmiy-uslubiy, ilmiy-amaliy anjumanlarning faol ishtirokchisidir. Muntazam ravishda OAK tomonidan e’tirof etilgan ilmiy jurnallarda va xorijiy jurnallarda ilmiy maqolalarni chop etadi. Shuningdek, matematika, matematika tarixi fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlari, kafedrani o‘quv-me’yoriy hujjatlari, o‘quv dasturini yaratishda jonbozlik ko‘rsatdi. Shu bilan bir necha yildan beri Respublika ta’lim markazi qoshidagi matematika fani bo‘yicha ilmiy metodik Kengash a’zosidir. U 40 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, uning ilmiy ishlari respublikamiz nufuzli jurnallarida ham chop etilgan. Hozirgi kunda ham u o‘zining pedagogik va ilmiy ishlarini universitetda davom ettirib, universitet jamoat ishlarida o‘tkaziladigan turli tadbirlarda, ayniqsa, kafedradagi innovatsion guruh a’zosi sifatida umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimi muassasalari bilan innovatsion hamkorlikni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
A.A.Akmalov nafaqat ilmiy sohada, balki oilaviy-axloqiy jihatdan ham namunali insondir. Intizomi va insonparvarligi bilan jamoada o‘z o‘rnini topgan. Umuman, olganda A.Akmalov mahoratli rahbar pedagoglardan bo‘lib, u o‘z sohasining malakali mutaxassisi, yosh avlodni tarbiyalashdek mas’uliyatli ishda jonbozlik ko‘rsatayotgan olimlardan biri hisoblanadi va u dotsent ilmiy unvoniga loyiq.
Oilali, 4 farzandning otasi.




Certificates