Dusmatov Olimjon Musurmonovich

Kafedra mudiri
Fizika-matematika fanlari doktori


Dusmatov Olimjon Musurmonovich. 1962-yilda Samarqand viloyatida tug'ilgan. Fizika-matematika fanlari doktori. Fizikaning "Nazariy fizika (klassik mexanika)" yo'nalishida ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradi.


Dusmatov Olimjon Musurmonovich, 1962-yil 3-mayda Samarqand viloyati Qo'shrabod tumanida tug'ilgan. 1984-yilda Samarqand davlat universitetini tugatgan. 1988-yilda «Динамическое гашение колебаний упругих систем с сосредоточенными и распределенными параметрами» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 2000-yilda «Математическое моделирование виброзащитных систем методами графов связи и их исследование» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Fizika-matematika fanlari doktori. "O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 15-yil", "O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 20 yil" hamda "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi a'lochisi" nishonlari sohibi. O'zbekiston Respublikasi Milliy tiklanish demokratik partiyasi a'zosi. Samarqand davlat universiteti mexanika-matematika fakultetida dekan (1999-2005-yillar), Jizzax davlat pedagogika institutida rektor (2005-2014-yillar) lavozimlarida ishlagan. 2017-yil dekabrdan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti "Fizika va astronomiya o'qitish metodikasi" kaferasi mudiri lavozimida faoliyat ko'rsatmoqda.




Certificates