Panjiyev Qurboniyoz Berdiyevich

"Musiqiy ta'lim" kafedrasi mudiri
San'atshunoslik fanlari nomzodi


Panjiyev Qurbonniyoz Berdiyevich Musiqiy ta’lim kafedrasi mudiri, san’atshunoslik fanlari nomzodi


1972-yilda Surxondaryo viloyatida oddiy ishchi oilasida tug`ilgan. 1990-1995-yillarda Termiz davlat universitetining musiqa – pedagog ixtisosligi bo`yicha o`qishni tamomlab, universitetning yo`llanmasi bilan Badiiy tarbiya kafedrasida o`qituvchi, musiqa fanlari bo`yicha dekan o`rinbosari (jamoatchilik asosida) lavozimlarda faoliyat yuritgan. 1996-1997-yillarda San`atshunoslik ilmiy – tadqiqot institutida stajyor – tadqiqotchi, 1998-yilda Musiqa tarixi sektori laboranti, 1999-2003-yillarda O`zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Fan, o`quv yurtlar, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi bosh mutaxassisi, 2004-yilda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti ichki nazorat va monitoring bo`limi boshlig`i, o`quv-metodik bo`limi boshlig`i, 2009-yilda O`zbekiston davlat san`at instituti ichki nazorat va monitoring bo`limi boshlig`i, 2010-yilda O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti ichki nazorat va monitoring bo`limi boshlig`i, 2013- yilda O`zbekiston davlat konservatoriyasi o`quv-metodik bo`lim boshlig`i, Sharq musiqasi fakulteti dekani, 2014-yildan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o`quv-metodik boshqarma metodisti, Musiqiy ta`lim kafedrasi mudiri kabi lavozimlarida faoliyat ko`rsatib kelmoqda.





Certificates