TASHIMOV NURLAN ERPOLATOVICH

KAFEDRA MUDIRI
DOTSENT V.B


Tashimov Nurlan Erpolatovich 1979-yil 27-dekabrda Toshkent viloyati Qibray tumanida tug`ilgan. 1997-yili Toshkent viloyati Davlat pedagogika institutining chizmachilik va tasviriy san’at yo`nalishiga o`qishga kirib, 2001-yili tugatgan. 2001-2003-yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida magistranti. Oliy ta’limning asosiy shartlaridan biri zamon talablariga mos mutaxassislarni tayyorlash masalasi muhim va dolzarbligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, bugungi kunda tayyorlanayotgan mutaxassislar o‘zining sohasiga doir bilimlarga ega bo‘lib qolmasdan, balki fan va texnikaning yutuqlarini o‘zlashtirgan hamda amaliy faoliyatda qo‘llay oladigan bo‘lishi lozim. Shuningdek, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali talabalarning bilim olishlariga qiziqishlarining ortishi bilan birga, mutaxassislikka oid bilimlarini ham oshirishlariga yordam beradi.


Tashimov Nurlan Erpolatovich 1979-yil 27-dekabrda Toshkent viloyati Qibray tumanida tug`ilgan. 1997-yili Toshkent viloyati Davlat pedagogika institutining chizmachilik va tasviriy san’at yo`nalishiga o`qishga kirib, 2001-yili tugatgan. 2001-2003-yillar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida magistranti. 2003-yildan boshlab Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining «Chizma geometriya, chizmachilik va uni o`qitish metodikasi» kafedrasi o`qituvchisi, 2012-yildan boshlab katta o`qituvchisi, 2012-2013-o`quv yilida “San’at” fakultetining o`quv ishlari bo`yicha dekan muovini, jamoatchilik asosida, 2014-2015-o`quv yilida ilmiy ishlari bo`yicha dekan muovini lavozimida, 2015-yildan Kasb ta’lim fakulteti Muhandislik grafikasi va uni o`qitish metodikasi kafedrasi katta o`qituvchisi lavozimida, 2017-yildan Muhandislik grafikasi va uni o`qitish metodikasi kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
N.Tashimov 60 dan ortiq ilmiy ish e’lon qilgan, shulardan 1ta darslik (hammualliflikda), 16 ta ilmiy (xorijda 3ta) maqola, 2 ta o`quv qo`llanma, 6 ta o`quv metodik qo`llanmalar hamda 6 ta xalqaro anjuman maqolalaridan iborat. U 8 ta namunaviy fan dasturi muallifidir.
Uning OTM uchun 2013-yil yozilgan “Grafik tasvirlash asoslari” nomli o`quv qo`llanmasi 2014-yili Respublika miqyosida o`tkazilgan “Yilning eng yaxshi darsligi va o`quv adabiyoti” tanlovida faxrli II-o`rinni egallagan.
N.Tashimov talabalar va magistrantlar bilan Respublika ilmiy-amaliy anjumanlarda va fan Olimpiadalarida faol ishtirok etib keladi. Uning rahbarligida 2011-yilda chizma geometriya va chizmachilik fanidan o`tkazilgan II-bosqich Fan Olimpiadasida Samandar Zoitov, 2016-yilda esa B.Erkinov birinchi o`rinni olgan.
Bundan tashqari N.Tashimov chizma geometriya va chizmachilik fanlarini o`qitishda sifat va samaradorlikni ta’minlashga qaratilgan “Topografik chizmachilik” darsligi va “Chizmachilik” o`quv qo`llanmasi hamda ilmiy hamda ilmiy-metodik maqolalari bu fanlarning rivojiga va ularning talabalar tomonidan o`zlashtirishlariga katta hissa qo`shib kelmoqda.
N.Tashimov har yili 2-3ta bitiruv malakaviy ishiga rahbarlik qilib, chizma geometriya va chizmachilikni o`qitishda metodik tadbiqi hamda axborot-texnologiyalarini qo`llash bo`yicha, malakaviy amaliyotga rahbarlik qilishda faol ishtirok etib keladi.
Kafedrada KHKlar va umumta’lim maktablari bilan hamkorlik bo`yicha kafedra mudiri sifatida shartnomalar tuzish, shartnoma asosida o`quv ishlari, ilmiy va metodik, ma’naviy va tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda o`z hissasini qo`shib kelmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus ta’lim vazirligining 2013-yil 22-iyundagi “O`rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalari pedagog kadrlari uchun ta’lim jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish” to`g‘risidagi 208-sonli buyrug‘i asosida Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent viloyatlarida seminar-treninglarda faol ishtirok etganligi uchun viloyat o`rta-maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmalari va Oliy va O`rta maxsus ta’lim vaziri tomonidan maqtov yorlig‘i bilan taqdirlangan.




Certificates