Xoliqov A'zamjon Abdusalomovich

Kafedra mudiri
Pedagogika fanlari doktori, professor


Xoliqov A'zamjon Abdusalomovich Pedagogika fanlari doktori, professor 1958-yil 10-martda Surxandaryo viloyatida ziyolilar oilasida tavallud topgan.


Xalikov A’zam Abdusalomovich 1984-yilda Termiz davlat pedagogika institutini rus tili va adabiyoti mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
A.Xoliqov 1994-yilda pedagogika fanlari nomzodi, 2018-yilda pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olishga muvaffaq bo‘lgan. Shuningdek, ilmiy-uslubiy ishlari uchun 2016-yilda dotsent, 2018-yilda professor ilmiy unvonini olgan.
1989-1991-yillarda Termiz davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi, 1994-2003- yillarda Q.Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi, bo‘lim boshlig‘i, 2003-2005-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Umumiy pedagogika” kafedrasi laboranti, o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi, 2005-2014-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Umumiy pedagogika” kafedrasi dotsenti,2014-2017-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi dotsenti lavozimida ishlagan.
2017-yildan boshlab “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. A.Xoliqov beshta darslik, 20 ta o‘quv-metodik qo‘llanmalar, 60 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifidir.
Shuningdek, xalqaro, respublika va Nizomiy nomidagi TDPU ilmiy anjumanlarida ma’ruzalari bilan qatnashib keladi.
A.Xoliqov hozirda magistrlar va bakalavr talabalariga ilmiy rahbarlik qilib kelmoqda.
U ilmiy grant a'zosi. Xorijiy davlatlarda Germaniya (2005), Rossiya (2008-2014), Qozog'iston (2015) ilmiy va xizmat safar oshirishlarda bo'lgan.
A.A.Xoliqov 2015-yilda O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligining “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan.
Oilali, uch farzandning otasi.





Certificates