Mamadaliyev Abdumajit Mamasoliyevich

Nizomiy nomidagi TDPU Chet tillar fakulteti dekani
Pedagogika fanlari nomzodi (PhD)


Jahon tillari universiteti (sobiq Toshkent davlat chet tillar pedagogika instituti)ning ingliz tili fakultetini 1984-yilda tamomlagan. Sobiq Sovet armiyasida harbiy xizmatdan so'ng, Moskva davlat chet tillar pedagogika institutida mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy faoliyat olib borgan. 1994-yili nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 1994-2016-yillari xalqaro jurnalistika sohasida BBC World Service Monitoring (Buyuk Britaniya) turli lavozimlarda ishlagan. 2018-yil fevral oyidan Chet tillar fakulteti dekani.


Mamadaliyev Abdumajit Mamasoliyevich
PhD (pedagogika fanlari nomzodi) 1994-yilda himoya qilgan.
1984-yili O'zbekiston davlat jahon tillari (sobiq Toshkent Davlat chet tillar pedagogika instituti) ingliz tili fakultetini tamomlagan. Ingliz va fors tillari o'qituvchisi.
1985-1988-yillarda Moskva davlat pedagogika institutida mustaqil tadqiqotchi.
1988-1991-Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti, tabiiy fakultetlarda chet tillar kafedrasi o'qituvchisi.
1991-1994-Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti kunduzgi bo'lim aspiranti.
1994-2016-yillar BBC World Service Monitoring (Buyuk Britaniya) xalqaro jurnalistika sohasida turli lavozimlarda ishlagan.
2016-yildan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining chet tillar fakultetida ishlaydi.
2018-yil fevral oyidan shu fakultet dekani.




Certificates