Nazarov Sardor Xasanovish

kafedra mudiri v.b
magistr


NAZAROV SARDOR XASANOVICH 1976-yil 12-may Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. Rus va nemis tillarini biladi. 2001-2005-yillar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti bakalavr, 2007-2009-yillar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura yo‘nalishlarini davlat granti asosida imtiyozli diplom bilan bitirgan. 2010-2012-yillar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi, 2010-2012-yillar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 24-iyuldagi “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-4456-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabr №365-sonli qarori bo‘yicha stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar institutini bekor qilish, unda tahsil olayotgan tadqiqotchilarni oliy ta’lim muassasasidan keyingi ta’lim bosqichi talablariga muvofiq, ularni attestatsiyadan o‘tkazish va dissertatsiya tadqiqotlari mavzularini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish asosida katta ilmiy xodim-izlanuvchisi bo‘lgan. Sardor Nazarov «Y.V.Gyote “Faust” asarining turkiy tillardagi tarjimalarida tasviriy vositalarning ifodalanishi» doktorlik mavzusi ustida ilmiy izlanish olib bormoqda.


NAZAROV SARDOR XASANOVICH 1976-yil 12-may Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. Rus va nemis tillarini biladi.
2001-2005-yillar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti bakalavr, 2007-2009-yillar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura yo‘nalishlarini davlat granti asosida imtiyozli diplom bilan bitirgan.
2010-2012-yillar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi, 2010-2012-yillar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 24-iyuldagi “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-4456-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabr №365-sonli qarori bo‘yicha stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar institutini bekor qilish, unda tahsil olayotgan tadqiqotchilarni oliy ta’lim muassasasidan keyingi ta’lim bosqichi talablariga muvofiq, ularni attestatsiyadan o‘tkazish va dissertatsiya tadqiqotlari mavzularini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish asosida katta ilmiy xodim-izlanuvchisi bo‘lgan.
Sardor Nazarov pedagogik faoliyatini 2005-2007-yillar Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi 41-sonli o‘rta maktab nemis tili o‘qituvchiligidan boshlagan. 2007-2010-yillar Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Yunus Rajabiy nomidagi TPK nemis tili o‘qituvchisi lavozimida ishlagan. U 2018- yildan bugunga qadar Nizomiy nomidagi TDPU Chet tillar fakulteti Ingliz tili nazariysi va o`qitish metodikasi kafedrasida mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Sardor Nazarov 2014-yil 3- oktyabrdan 3-noyabrga qadar hamda 2015-yil 6-iyuldan 10-avgustga qadar Germaniyaning Frayburg pedagogika universitetida pedagogik malakasini oshirgan.
2016-yil 3-oktyabrdan 10-oktyabrga qadar Germaniyaning Haydelberg pedagogika universiteti taklifnomasi va universitetlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi asosida Olma-ota shahri Abay nomidagi Qozog‘iston pedagogika universitetida “Kavkaz va markaziy osiyo mamlakatlarida Nemis tili ikkinchi til sifatida o‘qitilishining hozirgi holati va istiqboli” mavzusida bo‘lib o‘tgan hamkorlik seminariga ishtirok etdi.
Sardor Nazarov bugunga qadar o‘ttizdan ortiq mahalliy va xorijiy jurnallarda maqolalar chop ettirdi. Uning 2014-yil “Deutsche Grammatik in Tabellen” (Nemis tili grammatikasi jadvallarda) nomli o‘quv qo‘llanmasi chop etildi.
Sardor Nazarov «Y.V.Gyote “Faust” asarining turkiy tillardagi tarjimalarida tasviriy vositalarning ifodalanishi» doktorlik mavzusi ustida ilmiy izlanish olib bormoqda.




Certificates