Tolipov O`tkir Qarshiyevich

Monitoring va ichki nazorat bo`limi boshlig`i
Pedagogika fanlari doktori, professor


Monitoring va ichki nazorat bo`limi boshlig`i Tolipov O`tkir Qarshievich- мMonitoring va ichki nazorat bo`limi boshlig`i. Xalqaro pedagogik ta`lim fanlar akademiyasining akademigi, pedagogika fanlari doktori, professor. 1961 yil 28 fevralda Jizzax viloyati, forij tumanidagi Garasha qishlog`ida ziyoli oilasida tavallud topgan.


O‘tkir Qarshievich Tolipov, Xalqaro pedagogik ta’lim fanlar akademiyasining akademigi, pedagogika fanlari doktori, professor. 1961 yil 28 fevralda Jizzax viloyatida ziyoli oilasida tavallud topgan.

1979-1985 yillarda Ukraina Respublikasining Kiev shahrida politexnika institutida tahsil olgan.
U 1990-1993 yillarda sobiq Ittifoq Pedagogika fanlar akademiyasining “O‘qitish vositalari instituti”ning kunduzgi aspiranturasida tahsil olgan. Akademik V.P.Bespalko ilmiy rahbarligida 1993 yilda aspiranturada o‘qish muddatidan oldin nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1993-1997 yillarda Jizzax davlat pedagogika institutida katta o‘qituvchi, kafedra dotsenti, dekan muovini sifatida o‘z pedagogik faoliyatini davom ettirgan.
1997 yil 26 dekabrdan O‘zPFITIning doktoranturasiga o‘qishga qabul qilindi. Doktoranturada o‘qish davomida “Mehnat, iqtisodiy ta’lim va kasbga yo‘naltirish pedagogikasi” bo‘limiga ham rahbarlik qildi.
1998 yilda “O‘zbekiston mustaqilligi – uning fani va texnologiyalarini rivojlantirish kafolati” mavzusidagi uchinchi respublika kollokviumi hamda 1999 yilda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasi aspirant, doktorant va ilmiy izlanuvchilarining pedagogika va psixologiya sohasidagi eng yaxshi ilmiy maqolalari tanlovi”ning g‘olibi bo‘ldi va FTDQ hamda vazirlikning birinchi darajali diplomi bilan taqdirlandi. Shuningdek, O‘.Q.Tolipov hammuallifligida nashr ettirilgan “Issiqlik texnikasi” darsligi xalq ta’limi vazirligi tomonidan e’lon qilingan tanlovda 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi.

1998-2015 yillar davomida Xalqaro konferensiya to‘plamlarida 60 ta, ilmiy jurnallarda 120 dan ortiq, “Xalq so‘zi” va “Ma’rifat” gazetalarida 50 dan ortiq ilmiy va ommabop maqolalari nashr ettirildi. 2000 yil 29 dekabrdan 2011 yilning aprel oyigacha institutda ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

2004 yilda Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi ixtisoslashgan kengashda “Oliy pedagogik ta’lim tizimida umummehnat va kasbiy ko‘nikma va malakalarni rivojlantirishning pedagogik texnologiyalari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

O‘tkir Tolipov rahbarligida 7 ta tadqiqotchi: jumladan, I.Islomov, P.Xolmatov, G.Kulmurodova, U.Xudoyberganova, K.Uralov, G.Boymuradova hamda I.Rasulovlar nomzodlik dissertatsiyalarini, Sh.Sharipov esa doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Hozirgi kunda 5 nafar mustaqil doktorant-tadqiqotchiga ilmiy maslahatchilik qilib kelmoqda.
O‘.Q.Tolipov Xalq ta’limi a’lochisi va 2007 yildan Xalqaro Pedagogik ta’lim Fanlar akademiyasining akademigi hisoblanadi.
Bugungi kunda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “Monitoring va ichki nazorat” bo‘limini boshqarib kelmoqda.




Certificates