Jumanazarov Umid Umirzakovich

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo'limi boshlig'i


Jumanazarov Umid Umirzakovich, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo'limi boshlig'i


Jumanazarov Umid Umirzakovich 1987-yil 25- mayda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tavallud topgan. 2003-yil G’.G’ulom nomidagi 17-umumiy o’rta ta’lim maktabni tamomlab, 2006-yil A.Qodiriy nomli JDPIning "Xorijiy tillar" fakultetiga o'qishga qabul qilingan. 2010-yil shu institutni tamomlab, 2012 yil Nizomiy nomidagi TDPU magistratura bo’limining ingliz tili yo’nalishini tamomlagan.
Mexnat faoliyatini dastlab JDPI “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi o’qituvchisi (2012-2013-yillar.), Nizomiy nomidagi TDPU “Gumanitar ta’lim yo’nalishlarida chet tillar” kafedrasida o’qituvchi (2013-2014-yillar), so’ngra shu universitetda “Ingliz tili nazariyasi va o’qitish metodikasi” kafedrasida o’qituvchisi (2014-2016), universitet Katta ilmiy xodim izlanuvchisi (2016-2018), Chet tillar fakultetining o’quv ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari (2018-yil) va hozirgi vaqtda universitet “Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring” bo’limi boshlig’i lavozimida faoliyat olib bormoqda.




Certificates