Tursunov Samar Qo`ziyevich

Kafedra mudiri
Pedagogika fanlari nomzodi


Tursunov Samar Quziyevich - 1978-yil 13-noyabrda Samarqand viloyati Katta-qo'rg'on tumanida ziyolilar oilasida tavallud topgan. 2000-yilda Nizomiy nomidagi TDPU matematika-informatika yo'nalishini (bakalavriat), 2002-yilda Informatika mutaxassisligi bo'yicha magistraturani tugallagan.


Mehnat faoliyatini 2000-yilda Toshkent Qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kollejida o'qituvchilikdan boshlagan. 2003-yilda TDPU axborot texnologiyalari markazi metodisti, 2009-yildan muhandis-dasturchi bo'lib ishlash bilan birga Ta'limda axborot texnologiyalari kafedrasida o'rindosh o'qituvchi. 2011-yildan esa informatika va uni o'qitish metodikasi kafedrasi o'qituvchisi, 2012-yildan kafedra dotsenti vazifasini bajaruvchi, 2014-yildan Informatika va uni o'qitish metodikasi kafedrasi dotsenti, 2015-yildan Informatika o'qitish metodikasi kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. 2011-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2014-yilda OAK dotsent ilmiy unvonini olgan. 70 dan ortiq ilmiy ishlar e'lon qilgan. Bitta darslik, bitta o'quv qo'llanma, 20 dan ortiq maqola, 30 dan ortiq tezis, 10 dan ortiq dasturuy mahsulotlarga guvohnoma va 5 ta uslubiy qo'llanma muallifi.




Certificates