Xalilova Nargiza Ikromaliyevna

kafedra mudiri
Psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.


Xalilova Nargiza Ikromaliyevna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent. 2018-yildan Psixologiya kafedrasining mudiri. 1979-yilda Namangan viloyatida tug'ilgan. 1997-2001-yilda Namangan davlat universitetida tahsil olgan. 2001-2003-yilda Nizomiy nomdagi TDPUning magistratura bo'limida tahsil olgan. 2013-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.


Xalilova Nargiza 1979-yil Namangan viloyati Pop tumani ishchi oilasida tug‘ilgan. 1997-2001-yillarda Namangan davlat universitetining Pedagogika fakultetida va 2001-2003-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Psixologiya mutaxassisligi bo‘yicha magistraturada tahsil olgan.
2003-2005-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Psixologiya kafedrasida o‘qituvchi, 2005-2011-yillarda kafedra katta o‘qituvchisi, 2011-2014-yillarda dotsent vazifasini bajaruvchi, 2014-2018-yillarda kafedra dotsenti, 2018-yil 22-martdan boshlab Psixologiya kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. 2011-yilda psixologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini, 2014-yilda dotsent ilmiy unvonini olgan. Shu kungacha 1ta monografiya, 1ta darslik va elektron darslik, 5ta o‘quv qo‘llanma, 9ta uslubiy qo‘llanma va 40dan ortiq ilmiy maqolalar nashr ettirgan.
N.Xalilova ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga doir Respublika miqyosida amalga oshirilayotgan tadbirlarda ham faol ishtirok etmoqda. 2011-2012-o‘quv yilida Jizzax shahrida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida umumta’lim fanlarini kasbga yo‘naltirib o‘qitishga doir ko‘chma o‘quv seminarlarida trener sifatida ishtirok etdi va “Oila psixologiyasi fanini kasbiy sohalarga yo‘naltirib o‘qitish metodikasi” nomli uslubiy qo‘llanmaga hammualliflik qildi. Shuningdek, 2013-2014-o‘quv yilida oliy ta’lim jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni tatbiq etishga doir Namangan davlat universiteti, Jizzax davlat pedagogika instituti, Toshkent moliya instituti, Samarqand davlat universitetlarida tashkil etilgan o‘quv seminarlarida ishtirok etdi.
N.I.Xalilova o‘zining ilmiy pedagogik faoliyati davomida iqtidorli talabalar bilan faoliyat olib borib, ularni Respublikamiz miqiyosida o‘tkazilayotgan bir qator ko‘rik tanlovlarda g‘olib bo‘lishiga hamda ilmiy tadqiqotchilik ko‘nikmalarining shakllanishiga harakat qilgan. N.I.Xalilovaning bevosita ilmiy rahbarligida 2006-2018-o‘quv yillari davomida 4 nafar talaba “Psixologiya” fani bo‘yicha Respublika fan olimpiadasida 1-2-o‘rinlarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Shuningdek, N.Xalilova 2003-yildan to hozirgi kunga qadar guruh murabbiysi bo‘lib faoliyat yuritmoqda. Yosh bo‘lishiga qaramay guruh talabalari bilan ishlashning malaka va ko‘nikmasiga ega. Shu bois, 2008-2009, 2009-2010-o‘quv yillarida universitet miqyosida o‘tkazilgan “Yil murabbiysi” ko‘rik-tanlovining g‘olibi hisoblanadi. Ayniqsa, fakultet va guruh miqyosida tashkil qilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga boshchilik qiladi. Bu esa undagi tashkilotchilik qobiliyatining rivojlanganligidan dalolat beradi.
N.I.Xalilovaning yuqoridagi xizmatlarini hisobga olib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.





Certificates